loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

BIZ BIR BO‘LSAK – YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK – VATANMIZ!

 Prezidentimizning “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” degan ezgu da’vatlari asosida institutimizda turli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Barcha binolarlarda bo‘lgani kabi “Fizika-texnologiya” va “Matematika-informatika” fakultetlarida ham bayram hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Yoshlarimiz qalbida milliy yuksalishga chorlovchi milliy g‘ururni shakllantirish, vatanparvarlik tuyg‘usini yanada kuchaytirish, milliy urf-odatlarimiz, an’ana va qadriyatlarimizga bo‘lgan cheksiz hurmatni yanada mustahkamlashni ko‘zda tutadigan tadbirlarni tashkil etib borish, dekanatlarning kunlik ish rejasiga kiritilgan.