loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Akademik litseylarga kirish imtihonlari boshlandi

Joriy yilning 25-27-iyul kunlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilimni baholash agentligi tomonidan 2024/2025-oʻquv yili uchun akademik litseylarga kirish test sinovlari oʻtkazilmoqda.

Bugun, 26-iyul kuni Navoiy shahridagi “Kimyogar” hamda 1-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi majmuasida oliy ta’lim muassasalari huzuridagi akademik litseylarga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda. “Kimyogar” sprot zalida o‘tkazilayotgan test imtihonlarida Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari hamda volontyorlar boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda faoliyat olib bormoqda.

Abituriyentlar, ota-onalar uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, imtihon ikki smenada olib boriladi.

1-smena 9:00 — 11:00, 2-smena 15:00 — 17:00 da o‘tkaziladi.

Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tmoqda.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 2 soat vaqt beriladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 146 ball bo‘lib, ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 124 ball), intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha esa 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.

Imtihon jarayonlarini test2024.uz sayti orqali jonli kuzatib borishingiz mumkin.