All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

NDPIda kasbiy (ijodiy) imtihonlarning birinchi kuni yakunlandi

Bugun Navoiy davlat pedagogika institutida 2024/2025 o‘quv yilida alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlarning birinchi kuni bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, musiqa ta’limi, tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi, rang tasvir,yengil atletika, voleybol va basketbol ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha abituritentlar kasbiy va ijodiy imtihonlarni topshirdilar. Institutning 13 ta ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlar jadval asosida 12-iyulga qadar davom etadi.

Shuningdek, xolislik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida har bir imtihon o‘tkazish joyi kuzatuv kameralari bilan to‘liq jihozlangan. Shuningdek, ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari uchun imtihon topshirish jarayonini onlayn kuzatish imkoniyati mavjud.