loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Tibbiyot fakultetida Navro‘z shukuhi!

 Navoiy davlat pedagogika instituti Tibbiyot fakultetida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida “Sog‘inganim keldingmi Navro‘z” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Fakultet dekani G‘.Aslanov barchani bayram bilan tabriklab tadbirni ochib berdi.

Navro‘z saylida talabalar tomonidan milliy qo‘shiqlar kuylanib, raqslarga tushdilar. Fakultetning iqtidorli va iste’dodli talabalari tomonidan “Kelinlar qo‘zg‘aloni”, “Alla” sahna ko‘rinishlari va milliy laparlar namoyish etildi. Arqon tortish va tosh ko‘tarish o‘yinlari bayramga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Bayram tadbirida Navoiy davlat pedagogika instituti Xotin qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslaxatchisi N.Tursunova va institut psixologi D.Abdurahimovalar ishtirok etib yig‘ilganlarni bayram bilan qutladi.