loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

XORIJIY UNIVERSITET PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI TALABALARGA DARS O‘TMOQDA

  2022-yilda Navoiy davlat pedagogika instituti va Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog’iston universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Bundan ko‘zlangan maqsad oliygohni xalqaro reyting bazalariga kiritib, ilmiy salohiyat ko‘rsatkichlarini yanada oshirishdan iborat.

Hamkorlik shartnomasidagi vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 19-24-fevral kunlari Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti Fizika kafedrasi mudiri, dotsent Abay Tursinbayev, kafedra dotsenti Asilbek Oralbayevlar Navoiy davlat pedagogika institutida bo‘lib, “Fizika va astronomiya” hamda “Texnologik taʼlim” taʼlim yoʻnalishlari talabalariga dars mashgʻulotlarini olib borishdi.

 

Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universiteti va Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika-texnologiyalar fakulteti professor-o‘qituvchilari hammuallifligida tayyorlangan “Mexanika” hamda “Molekulyar fizika” darsliklarining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Unda xorijlik olimlar, instituti rahbariyati, fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalar qatnashishdi.

  

Darsliklar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsati va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining guvohnomasi bilan chop etilib, “Navoiy” va “Durdona” nashriyotlarida nashrdan chiqartirilgan.

Shuningdek, tadbir davomida onlayn fan olimpiadalari va ilmiy-amaliy fan anjumanlarida maqolalari bilan ishtirok etgan bir guruh pedagoglarga faxriy yorliq, diplom va sertifikatlar topshirildi.