1-mart ZULFIYA tavalludining 109 yilligi hamda «8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni» munosabati bilan «Nafosat malikalari» talaba qizlar bellashuvining fakultet bosqichi o’tkazildi. Bellashuvni Jismoniy madaniyat fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari N.Umarov ochib berdi. «Nafosat malikalari» bellashuvida fakultetning 5 nafar talaba qizlari ishtirok etdi. Hakamlar hay’ati tomonidan g’oliblar aniqlanib, g’olib bo’lgan talaba qizlar Diplom va sovg’alar bilan taqdirlandilar.
Tadbirda fakultetning xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi F.Zaripova, dekan o’rinbosari N.Primova, iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’yicha mas’ul o’qituvchi S. Axmedova hamda fakultet o’qituvchilari I.Shamsiyeva, D.Ne’matova, tyutor M.Norqulovalar hakamlik qilishdi.
Talabalarimizga institut bosqichida ham omad tilaymiz