loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

«Alvido bolalik»

  NavDPI “Navoiy talabalar teatri” jamoasining yosh havaskor aktyorlari ijrosida sahnaga olib chiqilgan «Alvido bolalik» speкtakli bugungi o‘tkazilgan bellashuvda birinchi o‘ringa loyiq ko‘rilganligi zamirida, talaba yoshlarimizni katta tayyorgarlik ko‘rganliklari hamda mashaqqatli mehnatlari yotibdi. «Alvido bolalik» qissasi bolaligini erta yo’qotgan, yosh bo’lishiga qaramay hayot sinovlarida toblangan «kattalar» haqidagi asar. Ushbu asarda oiladagi nizolar, jamiyatda ildiz otib ketgan muammolar, loqaydlik, poraxo’rlik, tanish-bilishchilik kabi illatlar yorqin ifodalangan. Shular qatorida, bolalarning samimiy hayoti, Vatanga sadoqat hissi, kasbga muhabbat kabi g’oyalar bilan boyitilgan. Asar bugungi kunda ham dolzarbligini yo’qotmagan. Qahramonlar hayotidagi voqealar orqali barcha davrlar uchun kerakli bo’lgan muammolar, sodda va tushunarli tarzda talabalarimiz tomonidan professional darajada yoritib berildi.
“Instituimiz jamoasining bugungi sahna asarini zo‘r qiziqish bilan tomosha qildik. To‘g‘risini aytaman bunaqasi bo‘lmagan, avvalida ularning orasidagilarni ko‘pchiligi teatr va san’at institutini talabalari bo‘lsa kerak deb uyladik…Haqiqatdan maromiga yetkazilib ijro etildi. Jamoamizga keyingi bahslarda ham omadlar tilaymiz…”-dedi “Fizika-texnologiya” fakulteti 2-bosqich talabasi M.Jabborova.