All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

INSON KITOBNI QANCHA KO‘P O‘QISA, HIKOYA QILISH QOBILIYATI SHUNCHALIK OSHADI

  Kitob insoniyat ijodiyotining eng sara mahsuli, ajdodlardan qolgan bebaho merosdir. Axborot – texnologiya qay darajada rivojlanmasin, kitob o‘z o‘rnida muhimligicha qoladi. Elektron dunyo ichidagi ma’lumotlar insonni har bir narsaning tayyor, oson yo‘llarini ko‘zlaydigan qilib qo‘yadi. Shunday ekan, ma’naviy ozuqa, shirin hayol, boy tasavvur, biror narsa ustida ijod qilish zavqini kitobdan boshqa narsa bera olmaydi. Talaba- yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida NavDPI 3-sonli TTJda ”Bir haftada bir kitob” intellektual tanlovining navbatdagi bosqichi bo‘yicha tanlov elon qilindi. “Kitob o‘qish jarayonida o‘quvchi qahramonlar bilan birga bo‘ladi. Ularning quvonch va tashvishlariga sherik bo‘ladi. Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, badiiy asar o‘qigan odam hayotda ham boshqalarning his-tuyg‘ularini yaxshi tushunar ekan. Inson kitobni qancha ko‘p o‘qisa, hikoya qilish qobiliyati shunchalik oshadi. Keraksiz gaplarni kamroq gapirib, keraklilarini yaxshiroq yetkazadigan bo‘ladi…”-dedi “Fizika-texnologiya” fakulteti tyutori L.Zoirova.