All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Profilaktik tadbirlar davom etmoqda

 Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat“ tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A.Tojiyev tomonidan 1-bosqich talabalarga profilaktik targ’ibot uchrashuvi o‘tkazildi. Unda o‘quv jarayonlari, oraliq, yakuniy nazorat ishlarini topshirish bilan bog’liq ta’magirlik va poraxo’rlik kabi korrupsion huquqbuzarliklarga yo‘l qo’ymaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, uchrashuvda talabalarga bo‘lim tuzilmasi va faoliyati yaqindan tanishtirilib, amalga oshirilayotgan ishlar, loyihalar haqida ma’lumotlar berildi. Xususan, bo‘lim tomonidan anonim murojaatlar uchun telegram-bot (@NavDPI_anticor_bot) hamda bo‘limning “Talaba-yoshlar“ klubi faoliyati to‘g’risida to‘xtalib o‘tildi.

Bu kabi profilaktik uchrashuvlar fakultetlar bo‘ylab davom etmoqda.