All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Bitiruvchi kurs talabalariga mehnat yarmarkasi hamda ishga taqsimot tadbiri

   NavDPIda bitiruvchi kurs talabalari bilan “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi hamda ishga taqsimot tadbiri boʻlib oʻtdi. Bugungi oʻtkazilgan tadbirda viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi, madaniyat hamda yoshlar siyosati va sport boshqarmalari oʻzlarining boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etishdi. Unda jami boʻlib 47 ta tashkilot va muassasalar, fakultetlar va mutaxassis yetkazuvchi kafedralarning rahbar va masʼullari hamda 400 nafardan ortiq bitiruvchi talabalar ishtirok etib, masʼul rahbarlar tomonidan mutaxassisliklar boʻyicha kerakli tavsiyalar berildi.

Ushbu tadbirda viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim maktablari 146 ta hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlari 7 ta vakant ish oʻrinlari bilan qatnashishdi. Shuningdek, ishga joylashtirish bo’yicha kelishuvlar imzolandi.