loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Research writing” (Ilmiy maqola qanday yoziladi)

  Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi yosh olimasi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b. Kosheva Dilrabo Xudoyorovna Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda 70111801- Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili ) magistratura mutaxassisligi birinchi kurs magistrantlari uchun “Research writing” (Ilmiy maqola qanday yoziladi) mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi.

 Ilmiy seminarda xorijiy ilmiy jurnallarda IMRAD usulida ilmiy maqola va tezislar yozish hamda nashrga tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, ilmiy seminar nazariy va ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, qiziqarli savol va javoblar hamda ilmiy munozaralarga boy bo‘ldi. Ilmiy seminar yakunida magistrantlar va kafedraning yosh professor- o‘qituvchilari tomonidan berilgan savollarga speaker tomonidan  munosib javoblar  berildi.