loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Qoʻshma taʼlim asosida Belarus Respublikasida taʼlim olayotgan talabalar bilan onlayn muloqot tashkil etildi

 Navoiy davlat pedagogika instituti va Belarus Respublikasining Polosk davlat universiteti oʻrtasida imzolangan “Hamkorlik toʻgʻrisida»gi xalqaro memorandumga muvofiq hozirda Polosk davlat universitetida tahsil olayotgan Oʻzga tilli guruhlarda Rus tili va Psixologiya: amaliy psixologiya bakalavr taʼlim yoʻnalishlarining 3-bosqich talabalari bilan onlayn uchrashuv tashkil qilindi.

Onlayn muloqotda institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Ilhom Nasridinov, Rus va qozoq filologiyasi fakulteti dekani Dilorom Shamsiyeva, kafedra mudiri Feruza Jumayeva va kafedra dotsenti Fazliddin Najmiddinovlar ishtirok etib, talabalarning oʻquv jarayoni, yashash sharoitlari haqida qiziqdilar. Jarayonda talabalarimizning muammo va takliflari eshitilib, yechimi boʻyicha kerakli maslahatlar berildi.