loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Institutda Kengashining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi

  Navoiy davlat pedagogika instituti Kengashining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi. Kengash yig’ilishida qator dolzarb masalalar ko’rib chiqildi va muhim qarorlar qabul qilindi. Kengash yig’ilishini NavDPI rektori Bahodir Sobirov olib bordi. Yig’ilishda dastlab Prezidentimizning Murojaatnomasida ta’kidlangan muhim iqtiboslar keltirildi. Murojaatnomadan kelib chiqib: “Siz va siz orqali barcha ustozlarni Prezident Murojaatini chuqur oʻrganishga, talabalar va keng jamoatchilik orasida tushuntirish, targʻibot-tashviqot ishlarini olib borishda yetakchi kuchga aylanishga daʼvat etib qolaman…”, dedi B.Sobirov.

 Kengash davomida oʻquv yili mobaynida Ilmiy daraja va Ilmiy unvonlarni qoʻlga kiritgan bir guruh professor-oʻqituvchilarga ilmiy daraja va unvonlarni tasdiqlovchi diplomlar topshirildi. Fakultetlarda oʻquv jarayonining kredit-modul tizimida tashkil etilishi, hujjatlarning rasmiylashtirilishi holati va oʻquv-uslubiy ishlarning borishi, vakant lavozimlar uchun tanlov, tadqiqotchilarning ilmiy mavzusi va rahbarini tasdiqlash to’grisidagi vazifalar ko’rib chiqildi va qaror loyihalari tasdiqlandi.

 

Nodira Qayumova  — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti granti sovrindori.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Respublika oliy taʼlim muassasalariga talabalikka qabul qilingan iqtidorli yoshlarni yanada qoʻllab – quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5172-son Qaroriga asosan 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab kirish imtihonlarida eng yuqori ball olgan talabgorlar uchun Prezident granti joriy etilgan.

 2021-2022 oʻquv yilida Navoiy davlat pedagogika instituti Rus va qozoq tili filologiyasi fakulteti talabasi Qayumova Nodira Karim qizi Respublika oliy taʼlim muassasalarining talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan Prezident granti tanlovida 257 nafar talabadan 26 nafari test sinovlari topshirish uchun kiritildi, shundan 10 nafar talaba, jumladan Qayumova Nodira Karim qizi ham Prezident grantiga sazovor boʻldi.

Nodira Qayumova va unga ta’lim bergan ustozi, fakultet dekani Dilorom Shamsiyevaga institut rahbariyati tomonidan minnatdorlik bildirildi. Shuningdek, Koʻp yillik samarali va halol mehnati hamda oʻz xizmat vazifasiga boʻlgan sadoqati uchun quyidagi professor-o’qituvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining faxriy yorligʻi bilan taqdirlandilar:

  1. Xolmurodov Abduxamid Xolmurodovich – Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, professor v.b;
  2. Fayziyev Olim Ochilovich – Musiqa taʼlimi kafedrasi professori;
  3. Temirov Gʻaybullo Temirovich – Tarix kafedrasi professori;
  4. Qutbedinov Axmat Qutbedinovich – Fizika va astronomiya kafedrasi professori v.b.
  5. Sayitov Sayom Saidovich – Maktabgacha taʼlim kafedrasi dotsenti.