loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Yoshlar ittifoqi Boshlang’ich tashkiloti hisobot-saylov yig’ilishi bo’lib o’tdi

  Navoiy davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi Boshlang’ich tashkiloti hisobot-saylov yig’ilishi bo’lib o’tdi. Dastlab, yig‘ilishni institut rektori Bahodir Sobirov va O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Navoiy viloyat Kengashi raisi v.b J.Jumayevlar nomzodlarga omad tilab, tadbirni ochiq deb e’lon qildilar. Shuningdek, Hay’at a’zolari, kotibiyat va sanoq komissiyasi saylab olindi.

Hisobot saylovda soʻzga chiqqan nomzodlar — Tabiiy fanlar fakulteti 4-bosqich talabasi D.Toshev, Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti 3-bosqich talabasi U.Rahmonova va institut amaldagi yetakchisi A.Zokirovlar oʻz saylov oldi dasturlarini etkazdilar. Delegatlar bergan ovozga koʻra A.Zokirov 76% ovoz bilan institut yetakchisi lavozimiga qayta saylandi. Institut yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor X.Qurbonov BT Kengashi va yoshlar yetakchisini tabriklab, ularga omad tiladi.