loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Korrupsiyaga qarshi kurashishda barchamiz birdek mas’ulmiz

    Joriy yilning 23 iyun kuni Navoiy davlat pedagogika instituti faollar zalida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda barchamiz birdek mas’ulmiz!” mavzusida tadbir tashkil etildi. Institutning barcha bo‘lim (boshqarma) boshliqlari va xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan mazkur yig’ilishda rektor maslahatchisi B.Abdullaev, korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘lim boshlig’i A.Xalikov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Navoiy viloyat boshqarmasi tarmoq rahbari A.Hamdamov, boshqarma bo‘lim boshlig’i O.Allanazarov ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qonun hujjatlari qabul qilinganligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PF-5729-sonli Farmonida belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyati, shuningdek Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligining @anticoredu rasmiy telegramm boti bilan institutning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining https://t.me/antikorrupsiyanavdpi telegramm kanali ishga tushirilganligi, odob-axloq kodeksi, institutning ichki tartib-qoidalari va me’yoriy-huquqiy hujjatlar to‘g’risida ma’lumotlar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Navoiy viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi jinoyatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha bir qator choralar ko‘rilganligi, lekin shunga qaramasdan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Navoiy viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi jinoyatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha bir qator choralar ko‘rilganligi, lekin shunga qaramasdan idoralarning ba’zi bir mutasaddi xodimlari tomonidan ham korrupsiyaviy holatlar sodir etilayotganligi misollar bilan tadbir ishtirokchilari diqqatiga yetkazildi. Tadbir so‘nggida korrupsion holatlarni sodir etilganligi yuzasidan hayotiy videofilmlar namoyish etildi.