All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash

   Yoshlarning Vatanga muhabbati va sadoqatini mustahkamlash, harbiy xizmatga va ona yurt oldidagi farzandlik burchini yuksak masʼuliyat bilan bajarishga boʻlgan havasini oshirish, ularda qurolli kuchlarimizga boʻlgan ijobiy fikrlarni yanada kuchaytirish, yoshlarning jismonan sogʻlom, kuchli va irodali maʼnaviy yetuk, keng dunyoqarashli, mustaqil fikr yuritadigan barkamol inson sifatida shakllantirish kabi ezgu ishlarga daʼvat etish boʻyicha Navoiy viloyatida bir qancha tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda. Bugun Navoiy shahridagi  “Yoshlik” oʻyingohida tashkil etilgan koʻrgazmali taqdimotlarda NavDPI talaba yoshlari ham faol ishtirok etishdi. Vatanga va uning himoyasi uchun munosib xizmat qilishga ruhan va jismonan tayyorlikni taʼminlash, yoshlarning jismoniy va maʼnaviy qobiliyati, yetakchilik koʻnikmalari va intellektual salohiyati, ularni oʻz ustida muntazam ishlash, sogʻlom hayot kechirishga undash va shunga erishishni nazarda tutgan tadbirlar, yoshlarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.