loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Talaba-yoshlar bandligini taʼminlash – ustuvor vazifa!

  2022-yil 4-mart kuni Prezidentimiz raisligida «oliy taʼlim muassasalari talabalari bandligini taʼminlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash» chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Videoselektorga berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Navoiy davlat pedagogika instituti hamda viloyat Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi tomonidan 11-mart kuni Navoiy shahar va Karmana tumanidagi ishlab chiqarish korxonalariga “BIZNES SAYOHAT” loyihasi tashkil etildi.

Loyihada Navoiy davlat pedagogika institutining talaba qizlarini kasb-hunarlarga oʻqitish hamda ishga joylashtirishga koʻmaklashish boʻyicha Navoiy shahridagi tikuvchilik yoʻnalishida “Diana” tikuvchilik sexiga, Karmana tumanidagi non va shirinlik mahsulotlari boʻyicha “Asl Orzu Non va Shirinliklari” MCHJga, ishlab chiqarish yoʻnalishida “Tinchlik” tekstiliga va milliy hunarmandchilik goʻzalik saloni boʻyicha “Shadozi Noza brend” xususiy korxonasiga tashrif buyurilib, faoliyat yuzasidan amaliy va nazariy maʼlumotlarga ega boʻldi.

     

Loyiha davomida 200 nafarga yaqin talaba qizlar oʻzlari ishlash istagini bildirgan yoʻnalishlarini tanlab olishdi. Eng quvonarlisi shundaki, oʻsha kuni oʻzida 5 nafar talaba-qizlar Sertifikat olib, “Tinchlik” tekstil rahbari Munira Fayziyeva tomonidan ishga qabul qilindi.