Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan, shu fakultet talabalariga J. Shuxratov tomonidan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda davlatimiz din va diniy tashkilotlar bilan oʻzaro munosabati, islom dinining tinchlikparvarlik mohiyati hamda islom dinida mutaassiblik va jaholatning qoralanishi, “jaholatga qarshi maʼrifat” bilan kurashish gʻoyasining ahamiyati kabi bugungi kunning bir qator dolzarb masalalari dalillar asosida keng bayon qilindi hamda maʼlumotlar berildi. Shuningdek, mavzuga oid taqdimotda talabalarga “Missionerlik” va “prozelitizm” tushunchasi toʻgʻrisida atroflicha tushuntirildi. Uchrashuvda talabalarning fikr-mulohazalari tinglandi.