loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

MAHALLA –BESH TASHABBUS BESHIGI

    Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodlarini yuzaga chiqarish, ularni jismoniy chiniqtirish, sport bilan shugʻullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish hamda ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish va xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash boʻyicha tizimli ishlarni mahallalarda tashkil etishga koʻmaklashish boʻyicha shahrimizdagi “Janubiy” MFYda, “Fizika va texnologik taʼlim” fakulteti tomonidan 2022-yilga moʻljallangan xamkorlik chora-tadbiri asosida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida milliy qadriyatlarni mustaxkamlash hamda mahalla yoshlariga mahorat darslarini oʻtish boʻyicha “Mohir qoʻllar” “MASTER KLASS” uchrashuvlari oʻtkazildi. Institutimiz talabalari oʻzlarining tajribalari haqida mahalla yoshlariga soʻzlab berishdi. Undan tashqari “Zakovat” intelektual oʻyinlari va turli sport musobaqalarini doimiy oʻtkazib borish boʻyicha mahalla fuqarolar yigʻini raisi R.Raxmonov  oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi. Mahalla faollari va  Fizika va texnologik taʼlim fakulteti yoshlari ishtirokida oʻtkazilgan uchrashuvda yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab olindi. Institutimiz rektori B.Sobirov nomidan mahallada tashkil etilgan kutubxonaga 50 dona badiiy kitob sovgʻa qilindi. Tadbirdan soʻng mahalla yoshlari va faollari, fakultetning “Texnologik taʼlim” kafedrasi professor-oʻqituvchilari hamda talabalari tomonidan tashkil etilgan “Badiiy ijodkorlik” toʻgaraklari faoliyati bilan tanishishdi. “Bu kabi mahorat darslarini boshqa MFY bilan ham tashkil etib, mahallalar yoshlarining boʻsh vaqtlaridan unumli foydalanishda birgalikdagi ishlarimizni doimiy ravishda olib boramiz.” deydi  “Texnologik taʼlim” kafedrasi mudiri dotsent, Sh.Ochilov.