loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Ilhom” mukofoti tanlovining targʻibot ishlari

   Sir emaski, bugun biz murakkab, turli tahlikalarga boy davrda yashayapmiz. Maʼnaviy tahdidlar yaltiroq holda yosh avlod qalbiga kirib borayotgan, oʻy-xayolini band etib, vaqtini besamarlikka chogʻlayotgan davrda ular qalbiga yoʻl topish mushkul. Odamlarning dunyoqarashini boyitish, ezgu maqsad va gʻoyalarga ilhomlantirish uchun adabiyotdan keng foydalanish lozim. Bu borada esa yosh ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash muhim oʻrin tutadi. Jumladan, Oliy taʼlim muassasalarida shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini chuqur oʻrganishni samarali tashkil etish, yoshlarning adabiyotga qiziqishini yanada oshirish, ularni kitob oʻqishga daʼvat etish va shu asosda qalbida vatanparvarlik tuygʻularini yuksaltirish maqsadida Vazirlar Mahkamasinining “Ilhom” mukofotini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi qarori yosh ijodkorlarga berilgan yana bir imkoniyatlardan biri boʻldi. Yangi Oʻzbekiston — yoshlar uchun imkoniyatlar yurti. Prezidentimizning qoʻllab-quvvatlashlari natijasida insonlarning ong va tafakkurini boyituvchi, ruhiyatiga ozuqa beruvchi yuksak saviyali tanlovlar tashkil etib kelinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi “Ilhom” mukofotini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi 503-son qarori hamda vazirlikning 2020-yil 2-sentyabrda 457-sonli buyrugʻi ijrosi taʼminlash yuzasidan vazirlikning 2022-yil 10-fevraldagi 6/18-457-son topshiriq xatiga asosan “Ilhom” mukofoti tanlovining targʻibot ishlari “Fizika va texnologik taʼlim” fakulteti olib borimoqda. Talabalarning ushbu tanlov boʻyicha qiziqtirgan barcha savollariga fakultet masʼul xodimlari javob berishdi.