loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI REKTORINING BAYRAM TABRIGI.

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI REKTORINING BAYRAM TABRIGI.

 

Assalomu alaykum, hurmatli hamkasblar, aziz talabalar!

Mana 2021-yil oʻz nihoyasiga yetib, yangi – 2022-yil kirib keldi. Mana shu xursandchilik onlarida Sizga mustahkam sogʻlik, oʻqish va ishlaringizda ulkan yutuq hamda muvaffaqiyatlar tilayman.

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda “Yilning eng yaxshi rektori-2021” tanlovi oʻtkazilganidan xabaringiz bor. Respublikamizning 60ga yaqin OTMlari orasida oʻtkazilgan tanlovda Biz – Navoiy davlat pedagogika instituti kuchli 5talikka kirib, 5-oʻrinni qoʻlga kiritdik. Albatta, bu yutuq va eʼtirof institutimiz jamoasi, ayniqsa, Siz, aziz talabalarimizning mehnatingiz evaziga boʻldi.

Shuni aytib oʻtishim kerakki, bunday tanlovlarda sizning mehnatingiz, oliygohimizni ertasi, yanada gullab yashnashi uchun oʻz bilimingiz, sadoqatingiz hamda kuch-qudratingizni safarbar eting.
Siz kabi yuksak intellektual salohiyat egalari, jamoatchilikda peshqadam, ilm hamda sport sohalarida yakdil yoshlarimiz safi yanada kengayishiga ishonch bildiraman.
Barchangizni erishgan yutuq va zafarlar bilan samimiy tabriklayman!

Yurtimizga Yangi yil qutlugʻ bulsin!
Yurtimiz tinch, halqimiz farovon, institutimiz salohiyati yuksalaversin!

Hurmat bilan, Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Baxodir Sobirov