loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Navoiy davlat pedagogika instituti talabasidan yana bir oltin medal!

 

   2021-yilning 17-18-dekabr kunlari Toshkent shahridagi “Universal” sport saroyida milliy va xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida Xalqaro kurash musobaqasi boʻlib oʻtdi. Mazkur musobaqada Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi, kurash boʻyicha ayollar terma jamoasi aʼzosi, Navoiy viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi sportchisi Shaxnoza Bozorova +70 kg vazn toifasida faxrli 1 oʻrinni egallab, oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Maʼlumot uchun: Shaxnoza Bozorova joriy yilning noyabr oyida Xorazm viloyati, Urganch shahrida boʻlib oʻtgan Pahlavon Mahmud xotirasiga bagʻishlangan Prezident sovrini uchun Markaziy Osiyo xalqaro turnirida ham faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritib, Prezident sovrini – 2 ming AQSH dollari bilan taqdirlangan edi.