loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida yoshlar fikri

    Navoiy davlat pedagogika instituti talaba-yoshlarini korrupsiya boʻyicha fikrini oʻrganish, institut “Korrupsiyaga qarshi  kurashish” boʻlimi boshligʻi A.Xoliqov » tomonidan 2021-yil 16-dekabr kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida yoshlar fikri” mavzusida talabalar oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazildi. Institutda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi haqida hamda  korrupsiyaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatga nisbatan munosabatini aniqlash maqsadida tashkil etildi. Bugun talabalikka tavsiya etiladigan yoshlar sohaning ertasini belgilab berishini anglagan holda, bu jarayonga institutning barcha xodimlari jiddiy eʼtibor bilan yondashmoqda.

Bugungi kunda yurtimizda juda koʻplab oʻzgarishlar, yangilanishlar amalga oshirilayotgani, Oliy taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar natijasida sohada faoliyat yuritish tom maʼnoda faxrli kasbga aylangani, bu gʻamxoʻrlik va imkoniyatlarga javoban avvalo, professor-oʻqituvchilar kasbiy burchlarini vijdonan bajarishga masʼuldir. Institut rektori B.Sobirov ishtirokida  “Fizika va texnologik taʼlim” fakultetida, institut “Korrupsiyaga qarshi  kurashish” boʻlimi boshligʻi A.Xoliqov  kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazdi. Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, buning uchun jamiyatimizning har bir aʼzosi masʼul boʻlishi unga qarshi kurashda barchamiz bir yoqadan bosh chiqarmogʻimiz lozimligi toʻgʻrisida alohida toʻxtaldi. Shubdan so’ng institut rektori  “Fizika va texnologik taʼlim” fakultetini eng zamonaviy laboratoriyalar  bilan jihozlash, fakultetda taʼlim olayotgan talabalarda  amaliy koʻnikmalarni shakllantirishni yanada kuchaytirish hamda   taʼlim-tarbiya jarayonida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.   Tashrif soʻngida fakultet professor oʻqituvchilari bilan  mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha yigʻilish oʻtkazib, masul xodimlarga tegishli topshiriqlar berdi.