loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Milliy armiyamiz tinchlik va osoyishtaligimiz kafolati

    O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi va «Vatanparvarlik oyligi» doirasida Navoiy davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazida «Milliy armiyamiz tinchlik va osoyishtaligimiz kafolati» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda institut ARM direktori Artiqov Xamza Qaxxorovich, Jismoniy madaniyat fakulteti dekan o’rinbosari Nodirbek Umarov, Markaziy harbiy okrug Tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’limi boshlig’i Mayor Muzaffar Ashurmatov, Navoiy viloyat Mudofa ishlari bo’lim boshlig’i podpolkovnik M.Shermatov, Navoiy viloyat ma’naviyat va ma’rifat bo’limi bosh mutaxassisi Ilhom Tursunov hamda talaba va harbiy xizmatchilar ishtirok etishdi. Davra suhbatida ma’ruzachilar tomonidan 30 yil davomida mudofa ishlari va Qurolli kuchlar tizimida amalga oshirilgan islohotlar to’g’risida ma’lumot berildi.