loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

5 muhim tashabbus yoshlarga qanot

  Mamlakatimizda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish,shuningdek, jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.  Navoiy davlat pedagogika institutida,  fakultetlar oʻrtasida  “5 muhim tashabbus” doirasida “Rektor kubogi” uchun  talaba qizlar  oʻrtasida voleybol boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi.

Bellashuvlarda “Fizika va texnologik taʼlim” fakulteti qizlari, “Tarix”, “Sanatshunoslik”, “Tabiiy fanlar”, “Chet tillar”, “Ingliz tili”, “Matematika va informatika” hamda “Maktabgacha va  boshlangʻich taʼlim” fakultetlari voleybolchi qizlarini magʻlub etib faxrli 2-oʻrinni egallashdi.