loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

10-dekabr O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

    Qatrada quyosh aks etganidek, jonajon Oʻzbekistonimizning asl sifati, rostmana taʼrifu tavsifi davlatimiz madhiyasida namoyon. Madhiyamizga oid qonun 1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan, ushbu mukammal badiiy asar Oʻzbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov hamda atoqli sanʼat arbobi, benazir kompozitor Mutal Burhonov tomonidan ancha mehnatu mashaqqat bilan yaratilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi Mustafo Bafoyevning fikricha, ustoz bastakor M.Burhonovning “Koʻngil xazinasi” kitobida Oʻzbekiston davlat madhiyasining yaratilishi haqida shunday deyiladi:

“Vatan tuygʻusi, Vatan madhiyasi… Bu tushunchalar mushtarak, bir-biroviga uygʻunlashib ketgan. Vatanni madh etish, uni ulugʻlash har bir inson qalbidan oʻrin olishi kerak… Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, davlat madhiyasi yangicha, istiqlol ruhida kun tartibiga qoʻyildi. Muhokama va tortishuvlardan keyin men yozgan madhiyani ham tanlovga kiritishdi. Mehnatlar zoye ketmadi. Musiqaning yarmiga kelganda olqishlar boshlandi”.

Darhaqiqat, garchi kim uchundir balandparvoz tuyulsa-da, oʻzi tugʻilib oʻsgan moʻtabar diyorga mehr, oʻz eliga boʻlgan ehtiromni shakllantirishda madhiyamizning oʻrni beqiyos. NavDPI “Fizika va texnologik taʼlim” fakulteti guruxlarida yoshlar tomonidan madhiyamiz ijro etildi. Har bir soʻz, har bir satrdagi vatanparvarlik, tashabbuskorlik, ijodkorlik gʻoyalari kattayu kichikning ongu shuuriga tantanavor ruh bilan singadi. Davlatimiz madhiyasi yangraganda, Vatanimizning kuch-qudrati, xalqimizning shavkatu shoni, kelajakka ishonch va yurtga sadoqat tuygʻulari qalblarni toʻlqinlantiradi.