loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Doktorantlar uchun davlat stipendiyasi tanlovida qatnashish to’g’risida e’lon

   Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-sentyabrdagi “Respublika oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi PF-6309-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2008-yil 13-oktyabrdagi “Oʻzbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi 226-son qarori 1 -ilovasi bilan  bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, 2022-yil tayanch doktorantlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari tanloviga xujjatlar 2021-yil 6-12-dekabr kunlari (shu kuni soat 23.59 gacha)  www.doktorantura.edu.uz elektron  platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.

Tayanch doktorantlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyalarining tanlov yoʻnalishlari roʻyxati:

1.  Tabiiy fanlar (3 ta kvota)

2.  Ijtimoiy gumanitar fanlar (3 ta kvota)

3.  Texnika va texnologiya (2 ta kvota)

4.  Sogʻliqni saqlash (1 ta kvota)

5.  Qishloq xoʻjaligi (1 ta kvota)