All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“REKTOR KUBOGI” musobaqalariga start berildi

 

    Bugungi kunga kelib sport va jismoniy tarbiya kishilar turmush tarzining ajralmas qismiga aylanib qoldi. Yoshlarga keng imkoniyatlar, sharoitlar yaratib berish ularga toʻgʻri yoʻl koʻrsatish, maʼnaviyatli qilib tarbiyalash, har tomonlama yetuk inson boʻlishga koʻmaklashish ahamiyatlidir. Bizning yoshlarimiz har tomonlama maʼlumotli va maʼnaviy goʻzalgina emas, balki sogʻlom, chiniqqan, jismoniy baquvvat boʻlishi ham kerak. Bunday boʻlish uchun sport harakatining ommaviyligiga eʼtibor berish, jismoniy tarbiyani rivojlantirish yoshlarning, irodaviy sifatlarini chiniqtirish, yigit va qizlarning jismoniy jihatdan mehnat va mudofaga tayyorlash zarur boʻladi. NavDPIda qizlarni sportga jalb etish, ularning ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va   sport turlarini  rivojlantirish maqsadida, voleybol boʻyicha “REKTOR KUBOGI” musobaqalariga start berildi. Turnirning birinchi kunida “Fizika va texnologik taʼlim” fakulteti voleybolchi qizlari “Tarix”fakulteti voleybolchilarini magʻlub etib keyingi bosqichga yoʻllanma olishdi.