All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Konstitutsiya-Yangi O’zbekiston taraqqiyotining huquqiy poydevori

  

     Navoiy davlat pedagogika instituti Axborot resurs markazida  2021 yil 6 dekabr  kuni Tarix fakulteti »Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi» kafedrasi professor o’qituvchilari, tyutorlar va kafedra qoshida tashkil etilgan »Huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot» to’garagining iqtidorli talabalari hamkorligida 8-dekabr – Konstitutsiya kuni hamda  O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligi munosabati bilan »Konstitutsiya-Yangi O’zbekiston taraqqiyotining huquqiy poydevori» mavzusidagi badiiy kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor X. Qurbobnov, Tarix fakulteti dekani R.Qarshiyev kirish qismini ochib berdi.

 

 Adliya boshqarmasi mutaxassislari, Navoiy viloyat Yuridik texnikumi mas’ul xodimlari, »Kelajak liderlari» klubi a’zolari o‘zlarining Konstitutsiya borasidagi nutqlarida Respublikamizning birinchi Prezidenti I.Karimov rahbarligida mustaqil davlat yangi qonunchiligining yaratilishi va qabul qilinishi, unda barcha bo‘lim va moddalari mustaqil Vatanimizning milliy qadriyatlarini tiklashga, inson manfaatlarini har tomonlama himoya qilishga, milliy va diniy qadriyatlar hamda vijdon erkinligini ta’minlashga, oilada mustahkam muhitni ta’minlashga, Vatanimiz milliy-madaniy meroslaridan oqilona va odilona foydalanishini belgilab berishga, millatlar va elatlar, xalqlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, bag‘rikenglik, o‘zaro hamkorlik, do‘stona munosabatlarni yaxshilashga va shunga oid ezgu maqsadlarni amalga oshirishga qaratilganligi ta’kidlab o‘tdi.

“Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” kafedrasi o’qituvchilari G.Sultonova, F.Xudjaqulova  iqtidorli talabalarini viktorina savollariga to’g’ri javob bergan ishtirokchilarni va tadbir qatnashchilarini taqdirladilar. So‘ng badiiy qismida talabalar o‘zlari tayyorlagan senariy asosida turli adabiy, musiqiy va teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlarini namoyon qilishdi. Tadbir nihoyasida tadbirni tashkil etishda yaqindan yordam bergan  kafedra o’qituvchilari G.Sultonova, F.Xudjaqulovaga va iqtidorli talabalarga va ishtirok etgan tinglovchilarga alohida minnatdorchiliklarini bildirib o‘tdi.