loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

3-dekabr — “Xalqaro nogironlar kuni”

🔹Ushbu kun munosabati bilan Pedagogika va psixologiya taʼlim yoʻnalishining professor-oʻqituvchilari hamda talabalari Karmana tumanidagi 25-sonli ixtisoslashgan maktab-internatida bayram tadbirini oʻtkazishdi. Maktab jamoasi va oʻquvchilariga sovgʻalar ulashildi.

 🔹Navoiy shahar 16-sonli «Qoʻngʻiroqcha» nomli Koʻp tarmoqli iqtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotiga Chet tillar fakulteti tyutori G.Kunisova hamda  3 kurs qozoq tili va adabiyoti yoʻnalishi talabalari borib, bolajonlarga oʻz sovgʻa salomlarini oʻlashishdi.

🔹Sanʼatshunoslik fakulteti tomonidan Navoiy viloyati koʻrish imkoniyati cheklangan bolalar maxsus maktab-internatiga «Muruvvat — inson ziynati» mavzusida xayriya tadbiri oʻtkazildi. Oʻquvchilar uchun osh damlandi.

🔹Yoshlar ittifoqi BT kengashi tashabbusi bilan Navoiy shahrining «Janubiy» MFYda istiqomat qilayotgan, nogironligi bor fuqarolarni holidan xabar olindi. Ularga sovgʻa-salomlar ulashildi.