All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Navoiylik talaba-yoshlar oʻrtasida “Munozara” intellektual turniri gʻoliblari aniqlandi

  Navoiyda mantiqiy va mustaqil fikrlaydigan, mohirona munozara olib boradigan talaba-yoshlar oʻrtasida «Munozara» intellektual turnirining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi. Turnirda Navoiy davlat pedagogika instituti va Konchilik institutidan jami 4 ta jamoa qizgʻin bellashuv olib bordi.

 Turnir natijalariga koʻra, «Doʻppi» jamoasi faxrli 1 oʻrinni egallab, turnirning respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. «Irfon» jamoasi 2 oʻringa, «Metallurg» hamda «Fimeda» jamoalari 3 oʻringa sazovor boʻldi.