loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Talaba yoshlarga tanlov toʻgʻrisida maʼlumot va yangiliklar yetkazib kelinmoqda

   

   Joriy 2021-yilda ommaviy axborot vositalarida eng faol yoritilgan, tizimda ochiqlik va shaffoflikni namoyon etgan, xalq bilan ishlashda samarali natijalarga erishgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari oʻrtasida anʼanaviy “YIL TANLOVI” eʼlon qilingan. Tanlov ijtimoiy soʻrov hamda jurnalist va blogerlarning eʼtirofi asosida “Eng namunali hudud”, “Eng namunali vazirlik”, “Eng namunali davlat va jamoat tashkiloti”, “Eng namunali tuman”, “2021-yilning yetakchi partiyasi”, “Eng faol deputat”, “Yilning eng namunali matbuot kotibi”, “Xalq dardini koʻtargan yil blogeri”, yil davomida xalqning ishonchini qozongan tijorat banklari kabi nominatsiyalar boʻyicha saralanadi. Joriy yildan boshlab tanlovdan “2021-yilning eng namunali oliy oʻquv yurti” yoʻnalishi ham oʻrin olgan. Fizika va texnologik taʼlim fakulteti barcha talaba yoshlariga ushbu tanlov toʻgʻrisida doimiy ravishda maʼlumot va yangiliklar yetkazib kelinmoqda.