loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

1-Dekabr – Butunjahon OITS ga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

    Joriy yilning 30- noyabr kuni Navoiy davlat pedagogika institutida kichik o’quv zalida 1 Dekabr – OITSga qarshi kurash kuni munosabati tadbir o’tkazildi. Tadbirni institut Umumiy tibbiyot kafedrasi o’qituvchilari Bo’ronova S.T, Roziqova M.O hamda Xatamova D.A ochib, tashrif buyurgan mehmonlarni tanishtirdi. Shundan so‘ng, Navoiy viloyati OITS markazi shifokori Alimova F.R Viloyat Ichki ishlar jinoyat qidiruv tezkor xodimlari Toshev Sh, O’taganov F.lar «OIV infeksiyasi» mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruza davomida OIV infeksiyasi va uning yuqish yo‘llari, OIV tarqalishiga qarshi yurtimizda olib borilayotgan profilaktik tadbirlar xususida gapirib o‘tdi. Har qanday yuqumli va boshqa kasalliklarni oldini olish uchun tibbiy madaniyatni yuksaltirish muhimligini, salomatligimiz o‘z qo‘limizda ekanligini ta’kidladi. Tadbir davomida San’atshunoslik fakulteti talabalari mutaxassislarga qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.