All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Yongʻin xavfsizligi oyligi doirasida talabalar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda

   Joriy yilning 15-noyabrdan-15-dekabr kuniga qadar Respublikamizda «Yongʻin xavfsizligi oyligi» eʼlon qilingan. Navoiy shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari tomonidan koʻplab targʻibot tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda. Bugun Ingliz tili va adabiyoti hamda Chet tili fakultetlari talabalari bilan targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda fakultetlarning talabalari, professor-oʻqituvchi va tyutorlari ishtirok etishdi.

Talabalarga oxirgi vaqtlarda Respublikamizda is gazidan zaharlanishga doir koʻplab noxush holatlar uchrayotganligi, ob-havoning keskin sovishi natijasida issiqlikka boʻlgan talabni qondirish, turli nosoz, nostandart isitish vositalaridan foydalanish yoki yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik natijasida koʻngilsiz holatlar roʻy berayotganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi. Tadbir ishtirokchilariga videorolik namoyish etildi.

Tadbir soʻngida talabalar bilan yongʻin oʻchirish avtomobillari va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish hamda yongʻin oʻchirish asbob-anjomlarining texnik-taktik imkoniyatlari toʻgʻrisida koʻrgazmali mashgʻulot oʻtkazildi.