loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Navoiy davlat pedagogika institutida oʻquv seminar ish boshladi

  

   Bugun Navoiy davlat pedagogika institutida oʻquv seminar ish boshladi.Unda Buxoro hamda Navoiy viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari, Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan muovinlari  ishtirok etmoqda. Seminarda ikkala viloyatdagi mavjud oʻnga yaqin oliy taʼlim muassasalarining 60 ga yaqin fakultetlaridagi yoshlar boʻyicha dekan oʻrinbosarlari ishtirok etishdi.

Maʼruzachilar tomonidan yaqinda joriy etilgan tyuterlarni yoshlar bilan ishlashda yangicha metodlarini amaliyotga joriy etish, talabalar muammolari, taklif va tashabbuslarini oʻrganish kabi muhim masalalar boʻyicha fikr va mulohazlar oʻrtaga tashlanmoqda. Bundan tashqari tyutorlarga yuklatilgan vazifalarni toʻla qonli bajarishda eʼtibor qaratish lozim boʻlgan jihatlar shuʼbalar kesimida muhokama qilinib, qator takliflar umumlashtirilmoqda.

Shuningdek seminar ishtirokchilariga maʼruzachilar tomonidan mahalla,oila taʼlim muassasasi va oila hamkorligini tashkil etishning yangicha yondoshuvlari haqida maʼruzalar qilindi. Seminar davomida Oʻzbekiston Respublkasi Prezidentining Taraqqiyot strategiyasi kitobining mazmun-mohiyati ham keng oʻrganilmoqda. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tashkil etilgan mazkur seminar ertaga ham oʻz ishini davom ettiradi.