loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Alisher Navoiyning 580-yilligiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy konferensiya

 

  Navoiy shahridagi muhtasham “Madaniyat va maʼrifat markazi”da “Alisher Navoiy ijodiy merosining bashariyat maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotidagi oʻrni” mavzusidagi IV anʼanaviy xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasining yalpi majlisi boshlandi.

Navoiy viloyati hokimi v. b. Normat Tursunov xalqaro anjuman ishtirokchilarini bugungi adabiyot va maʼnaviyat bayrami bilan qutlab, konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladi. Mir Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida tutgan oʻrni beqiyos.

“Alisher Navoiy ijodiy merosining bashariyat maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotidagi oʻrni” mavzusidagi IV anʼanaviy xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada AQSH, Kanada, Albaniya, Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Eron, Mongoliya, Tojikiston, Tatariston va boshqa bir qator davlatlardan olimlar tashrif buyurgan.

Navoiy viloyati hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Navoiy davlat pedagogika instituti, Alisher Navoiy xalqaro jamoat birlashmasi hamkorligida oʻtkazilayotgan konferensiyada 70 nafardan ortiq dunyoning yetuk navoiyshunos olimlari qatnashmoqda.

—“Biz bugun Navoiy bobomizning ijodiy merosini oʻrganayotganimizdan juda ham xursandmiz. Anjuman bahonasida Navoiy va Buxoro viloyatidagi tarixiy obidalarini ham ziyorat qildik. Konferensiya tashkilotchilari va ayniqsa NavDPI jamoasiga bu kabi yuqori saviyada oʻtkazilayotgan tadbirlar uchun chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz”, -deydi Turkiyalik mehmonlar delegatsiyasi vakili.