All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

BUYUK MUTAFAKKIRGA EHTIROM

 

  Bugun, 24-noyabr kuni “Alisher Navoiy ijodiy merosining bashariyat maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotidagi oʻrni” mavzusidagi IV anʼanaviy xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻz ishini boshladi. Konferensiya doirasida viloyat markazidagi Alisher Navoiy nomi bilan ataluvchi istirohat bogʻida qad rostlagan buyuk mutafakkir haykali poyiga gulchambar qoʻyildi.

Ushbu marosimda nufuzli mehmonlar bilan birga Navoiy viloyati hokimi, sektorlar rahbarlari, ijodkor ziyolilar, maʼnaviyat sohasi fidoyilari, targʻibotchilar, shuningdek Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati, prorektorlari, dekan va dekan muovinlari, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdilar.