All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Navoiy davlat pedagogika institutida “Bagʻrikenglik xaftaligi” doirasida maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

      Joriy yilning  19-noyabr kuni “Kitob-bilim xazinasi” mavzusida Qoraqalpogʻiston Respublikasi “El xizmati” gazetasi bosh muharriri boshchiligida tahririyat aʼzolari Navoiy davlat pedagogika institutiga tashrif buyurishdi. Institutning qoraqalpoq guruhi talabalari bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirni guvohi boʻlishdi.

Ushbu tadbirda El xizmati tahririyati aʼzolari qoraqalpoq tilida chop etilgan oʻquv qoʻllanmalar, badiiy asarlarni talabalar hamda “ARM”ga tuhfa etishdi.

Shuningdek, mehmonlar Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyatiga, professor-oʻqituvchilari hamda talabalariga oʻzlarining cheksiz minnatdorchiliklarini bayon qilishib, Qoraqalpoq universitetlari bilan oʻrnatilgan hamkorlik uchun ularga tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalarini taqdim etishdi. Shundan soʻng, qoraqalpoq talabalari badiiy chiqishlarini namoyish qilishdi.