loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Bayroq Vatan timsoli

     Milliy davlatchiligimiz tarixining barcha davr­larida davlat ramz­lari, xususan, bayroq Vatan timsoli sifatida muqaddas sanalgan. Bunga tarix shohid. Zero, buyuk bobomiz Amir Temur ham davlat ramzlariga jiddiy eʼtibor qaratganini jang maydonida bir lashkar omon qolsa ham, Vatani bayrogʻini baland tutishiga farmon berganidan bilsa boʻladi. Yoki Shayx Najmiddin Kubroning Vatan ozodligi yoʻlida koʻrsatgan mislsiz jasoratini yaxshi bilamiz.

Ushbu qahramonlik tillardan tushmay, avlodlarga namuna boʻlib, hanuzgacha xalqimizni vatanparvarlik va jasoratga chorlab keladi.Bugun ham vatan bayrogʻi deganda, koʻz oldimizda butun bir mamlakatning timsoli, jahonning siyosiy-ijtimoiy xaritasidagi qiyofasi gavdalanadi. Ayniqsa, tinchlik elchilari deya nom olgan sportchilarning eng nufuzli xalqaro musobaqalarda zafar quchib, oʻz bayrogʻini balandlarga koʻtarishi bugungi davrda eng yuksak baxt sifatida eʼtirof etilishi bejiz emas. NavDPI “Fizika va texnologik taʼlim” fakultetida munosabati bilan turli tadbirlar tashkil etildi.