All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Talabalik oltin davrim

    Joriy yilninig 16-noyabr kuni NavDPI 3-sonli TTJda «Xalqaro talabalar kuni» munosabati bilan yotoqxonada yashovchi talabalar ishtirokida «Talabalik oltin davrim» mavzusida katta musiqali  tadbir oʻtkazildi. Dastlab institut Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor X.Qurbonov kechani ochib berib, yoshlarga institut  rektori prof. B.Sobirovning bayram tabrigini yetkazdi va samimiy tabrikladi. Sanʼatshunoslik fakulteti talabalari ijrosida ajoyib kuy-qoʻshiqlar bilan boshlangan kecha, talabalar hayotida uchraydigan turli qiziqarli hodisalarni sahna koʻrinishi orqali mohirona namoyish etilishi bilan davom etdi. «Bunaqasi hali boʻlmagan.Bugungi kechadan juda ham xursandmiz, yoshlarga shunday sharoitlarni yaratib berayotgan Prezidnetimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga katta raxmat. Institutda bugungi kunda boʻlayotgan oʻzgarishlar, ayniqsa talabalar bilan yonma-yon turib ularga hamfikr bo‘lib, yaxshi oʻqishimizdagi barcha qulayliklari uchun rektorimiz B.Sobirovga aloxida minnatdorchilik bildiramiz”-deydi “Fizika va texnologik taʼlim” fakulteti ikkinchi bosqich talabasi Mirzabek Xaitboyev.