All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Fizika va astronomiya” kafedrasining umumiy yigʻilishi

  

     Kafedra- oliy oʻquv yurtlarida bir yoki bir-biriga yaqin bir necha fanlardan oʻquv, metodika va ilmiy tadqiqot ishlari olib boruvchi, shuningdek, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlovchi, mutaxassislar malakasini oshiruvchi asosiy boʻlim. Kafedra tarkibiga prof., dotsent, assistent, katta oʻqituvchi, katta va kichik ilmiy xodim, aspirant va boshqalar kiradi. Kafedra oʻz laboratoriya va oʻquv xonalariga ega boʻladi. Unga leksiyalar, laboratoriya ishlari, amaliy va oʻquv mashgʻulotlari, seminarlar oʻtkazish, oʻquv va ishlab chiqarish amaliyoti, tadqiqot ishlari, kurs va diplom (loyihaish)lariga rahbarlik qilish va boshqa vazifalar yuklatilgan. Joriy yilning 15-noyabr kuni NavDPI “Fizika va astronomiya” kafedrasining umumiy yigʻilishida, 2021-yil 13-noyabr kuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.Toshqulov ishtirokida ZOOM dasturi orqali oʻtkazilgan yigʻilishda berilgan topshiriqlar yuzasidan, kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab olindi.