loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Malayziya Menejment va Fan Universiteti delegatsiyasining Navoiy davlat pedagogika institutiga tashrifi amalga oshirildi

   

  Tashrifda Malayziya Menejment va Fan Universiteti (MSU) prezidenti, professor Tan Sri Dato Wira Dr Mohd Shukri Ab Yajid, prorektor Puan Sri Datuk Dr Junainah Abd Hamid, shuningdek, delegatsiya vakillari Dato Sh Huda Engku Muda, Ali Khatibi, professor Indang Ariati, “Angkasa” qoʻshma korxonasi vakili Abu Ahmad Hasan va Said Aslanov lar ishtirok etdi.

Navoiy davlat pedagogika institutida Malayziya davlatining Menejment va Fan Universiteti (MSU) bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, qoʻshma taʼlim dasturlari yuzasidan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Mazkur uchrashuvda Navoiy viloyati hokimi Q.Tursunov, viloyat hokimi oʻrinbosari K.Hasanov, Navoiy davlat pedagogika instituti rektori B.Sobirov, prorektor D.Ruziyev, ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri N.Safarova, xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi D.Jumayevalar ishtirok etdilar.

Malayziya Menejment va Fan Universiteti va NavDPI kelishuvlari asosida “Xalqaro biznes”, “Buxgalteriya va moliya”, “Sogʻliqni saqlash va Farmaseftika”, Xalqaro “Halol” Sertifikatlash markazi, “Dasturiy injenering” kabi taʼlim yoʻnalishlarini ochish boʻyicha takliflar bildirildi.

Shuningdek, ikkala oliy taʼlim muassasalari ilmiy xodimlari va talabalar almashinuvi (shu jumladan bakalavr va magistrantlar), Akademik maʼlumotlar, materiallar va qoʻshma ilmiy nashrlar almashinuvi yuzasidan kelishib olindi.

 Uchrashuv doirasida: Navoiy viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish, erkin iqtisodiy zonada amalga oshirilayotgan faoliyat turlari va uning imkoniyatlari haqida maʼlumot berildi.