loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Giyohvandlik – asr vabosi

    Giyohvandlik bugungi kunda dunyo hamjamiyatining dolzarb muammosiga aylandi. Turli soha mutaxassislari ushbu muammo boʻyicha ish olib bormoqdalar. Giyohvandlik yuzasidan mahalliy va xalqaro tashkilotlarning barchasi insoniyatni bu xatarli balodan saqlab qolish tashvishida. Darhaqiqat, bugungi kunda giyohvandlikka qarshi kurashish har bir inson uchun ham farz, ham qarzdir. Insoniyat kelajagi uchun, millatlar istiqboli uchun, kishilar salomatligi va umuman yer yuzida yaxshilik hukm surishi uchun qaygʻurayotgan kishilar dunyo bu masalada halokat jari tomon odimlab ketayotgani haqida oʻz tashvishlarini bayon qilmoqdalar. Giyohvandlikning kishilar sogʻligiga, oilalarga, iqtisodga, odob-axloqqa, umuman, inson hayotining barcha sohalariga solayotgan tahdidi soat sayin ortib bormoqda. Giyohvandlikka qarshi kurashish sohasi vakillari bilan bir qatorda har bir inson ham birga bu ilatga qarshi kurashishi zarur. Bir ogʻiz soʻz bilan boʻlsa ham, giyohvandlikka karshi kurashdek savobli ishga har bir inson oʻz hissasini qoʻshmogʻi lozim. Navoiy davlat pedagogika institutida yuqoridagi mazmunda oʻtkazilgan davra suhbati, yoshlarda, oʻzini, oilasini, yaqinlarini, butun insoniyatni va kelajak avlodlarni oʻylagan har bir shaxs uchun giyohvandlikka qarshi kurashda faol boʻlish zarurligi toʻgʻrisidagi tuygʻularni yanada kuchaytirdi.