loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

FAVQULODLI VAZIYATLARDA TO‘G‘RI HARAKATLANISH

  Keyingi yillarda dunyoning turli mintaqalarida yuz berayotgan tabiiy, texnogen ofatlar  kutilmagan vaziyatlardan hech qaysi hudud, hech bir inson kafolatli himoyalanmaganini ko‘rsatdi. Shuning uchun ogohlik, favqulodda vaziyatlarda qanday harakat qilishni bilish hayot uchun zarur. Yong‘in, sel, turli texnogen ofatlarning kelib chiqish sabablari va oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida Navoiy shahar  “Favqulodda vaziyatlar” bo‘limi  xodimlari tomonidan  2022-yil 2-dekabr kuni “Fizika-texnologiya” va “Matematika-informatika” fakultetlari talabalariga, o‘tkazilgan ko‘rgazmali chiqishlar davomida amalda ko‘rsatib berildi. “Favqulodli vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha  o‘tkazilgan o‘quv-mashqidan ko‘zlangan asosiy maqsad – yoshlarlarda o‘zini va yordamga muhtoj boshqa insonlarni qutqarish ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat. Haqiqatan ham, ogohlik davr talabi va ushbu talabdan kelib chiqib, yoshlar o‘rtasida  xushyorlik va ogohlikka da’vat etadigan ta’sirchan  tadbirlarni uyushtirish, bu borada o‘quv  yurtlari  bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, joylarda profilaktik tadbirlarni o‘tkazish, mavzuga oid targ‘ibot materiallarini tizimli berib borilishiga alohida e’tibor qaratish lozim. ”-deydi Navoiy shahar  “Favqulodda vaziyatlar” bo‘limi boshlig‘i J.Qodirov.