Keyingi yillarda dunyoning turli mintaqalarida yuz berayotgan tabiiy, texnogen ofatlar kutilmagan vaziyatlardan hech qaysi hudud, hech bir inson kafolatli himoyalanmaganini ko‘rsatdi. Shuning uchun ogohlik, favqulodda vaziyatlarda qanday harakat qilishni bilish hayot uchun zarur. Yong‘in, sel, turli texnogen ofatlarning kelib chiqish sabablari va oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida Navoiy shahar “Favqulodda vaziyatlar” bo‘limi xodimlari tomonidan 2022-yil 2-dekabr kuni “Fizika-texnologiya” va “Matematika-informatika” fakultetlari talabalariga, o‘tkazilgan ko‘rgazmali chiqishlar davomida amalda ko‘rsatib berildi. “Favqulodli vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha o‘tkazilgan o‘quv-mashqidan ko‘zlangan asosiy maqsad – yoshlarlarda o‘zini va yordamga muhtoj boshqa insonlarni qutqarish ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat. Haqiqatan ham, ogohlik davr talabi va ushbu talabdan kelib chiqib, yoshlar o‘rtasida xushyorlik va ogohlikka da’vat etadigan ta’sirchan tadbirlarni uyushtirish, bu borada o‘quv yurtlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, joylarda profilaktik tadbirlarni o‘tkazish, mavzuga oid targ‘ibot materiallarini tizimli berib borilishiga alohida e’tibor qaratish lozim. ”-deydi Navoiy shahar “Favqulodda vaziyatlar” bo‘limi boshlig‘i J.Qodirov.