loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Matematika kafedrasi

F.I.O.Abjalilov Sanaqul Xo`jamovich
LavozimiKafedra mudiri
Ilmiy daraja va unvonif.-m.f.n., dotsent
Telefon+998 93 431-70-72
E-mailabjalilov@mail.ru
Kafedra haqida
Ilmiy - tadqiqot yo`nalishlari
O`qitiladigan fanlar
Kafedra tarkibi
ELEKTRON AXBOROT TA'LIM RESURSLARI

Mazkur kafedra 1992-yil 15-aprelda “Matematik analiz va informatika” kafedrasi bazasida tashkil qilingan bo’lib, unga 1992–1997 yillarda t.f.n.O.O.Suvonov, 1997–2001 yillarda dots. A.Hakimov, 2001–2006 yillarda dots.M.J.Uluqnazarov,  2006–2012 yillarda f.-m.f.n. E.A.Chuliyev, 2012-2019 yillarda  f.-m.f.d., prof. S.A.Imomkulov rahbarlik qilishgan. 2019 yildan boshlab kafedrani f.-m.f.n S.X.Abjalilov boshqarib kelmoqda.

1)Tabiiy jarayonlarni matematik modellashtirish;
2) O‘quv jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarni qo‘llash.
Birinchi yo‘nalishda kafedra professor-o‘qituvchilaridan dots.S.X.Abjalilov, dots. A.Hakimov, Phd. D.R.Mansurov, Phd.G.S.Sayfullayeva, katta o’qituvchilar Yu.S.Shotemirov, M.Sh.Fayziyev, S.S.Jumayev, N.M.Ibodullayeva, Sh.A.Majidov o’qituvchilar I.A.Axmadov, J.A.Sobirov, A.V.Axmatovlar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Ikkinchi yo‘nalishda esa dots.D.N.Ashurova, dots.A.A.Jalilov, Phd.S.X.Xoliqov, o’qituvchilar Sh.Sh.Shodiyev, A.B.Oltiyev, D.Sh.G’afforovalar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

“Matematika” kafedrasida jami 28 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilaridan 7 nafari ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar: dots.S.X.Abjalilov, dots. A.Hakimov, dots.A.A.Jalilov,  dots.D.N.Ashurova, Phd.S.X.Xoliqov, Phd. D.R.Mansurov, Phd.G.S.Sayfullayevalar. Kafedra ilmiy salohiyati 25 % ni tashkil etadi.

2022 yil kafedra ilmiy salohiyati yana oshdi, Xoliqov Suyun Xamro o’g’li 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (Matematika) ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lg‘usi matematika o’qituvchilarini tayyorlash jarayonida differinsial tenglamalar modulini o’qitishni takomillashtirish metodikasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini himoya qildi. 2023-yilda Syfullayeva Gulnoza Sayfullayevna 01.01.05 – “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika.” ixtisosligi bo‘yicha “Kats emperik protseslari umumlashmalari va ularning assimptotik xossalari” mavzusidagi fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini hamda Mansurov Dilshod Ravilovich 05.01.07-“Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui” ixtisosligi bo‘yicha  “To’liq bo’lmagan kuzatilmali sxemalarda statistik modellashtirish metodlari yordamida baholarni tahlil qilish” mavzusidagi fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini himoya qildi.

N.M.Ibodullayeva 2014 yilda Prezident stipendiyasi, 2021 yilda “Zulfiya” mukofoti sovrindori buldi. Respublika miqyosida o‘tkazilgan fan olimpiadasida iqtidorli talaba Ro’ziqulova Shaxnoza Axmed qizi 3-o‘rinni egalladi, 2022 yilda O’zbekistov Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohibi bo’ldi. Abdinazarova Shaxrizoda V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti va “Akademik Qori Niyoziy merosi” ilmiy metodik markazi hamkorligida tashkil etilgan “Qori Niyoziy olimpiadasi” g’olibi bo’ldi. Ubaydullayeva Sabina Ilg’or qizi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti huzuridagi Matematika fani va ta’limini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi tomonidan tashkil etilgan Akademik T.A.Sarimsoqov nomli stipendiyasi sohibasi bo’ldi.

2023-yilda Sayfullayeva Gulnoza Sayfullayevna V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti huzuridagi Matematika fani va ta’limini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi tomonidan tashkil etilgan Akademik T.A.Sarimsoqov nomli stipendiyasi sohibasi bo’ldi. Xo’jamova Dilnoza Sanaqul qizi “Navoiy” nomli davlat stipendiasi sovrindori bo‘lishdi.

1 nafar professor-o‘qituvchi A.V.Axmatov chet tili fanidan milliy sertifikat (B2) ga, 3 nafar professor-o‘qituvchilar D.Sh.G’afforova, G.Sh.Ashurova, I.P.Sadullayevalar chet tili fanidan milliy sertifikat (B1) ga ega.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta monografiya, 100 dan ortiq OAK e’tirof etgan Respublika jurnallarda ilmiy maqola, xorijiy jurnallarda 100 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi, 70 ta dasturiy mahsulotga mualliflik guvohnomalari olindi.

BAKALAVR:

  • Matematik analiz
  • Algebra va sonlar nazariyasi
  • Geometriya
  • Matematika o‘qitish metodikasi
  • Xalqaro baholash tadqiqotlari (TIMSS, PISA, TALIS)
  • Funksional analiz
  • Analitik geometriya va chiziqli algebra
  • Matematika
  • Elementar matematika
  • Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika
  • Qiziqarli matematika va olimpiada masalalari
  • Differensial tenglamalar
  • Matematika va uni o’qitishda xorij tajribalari
  • Topologiya va differensial geometriya
  • Kompleks o’zgaruvchili funksiyalar nazariyasi
  • Matematik mantiq va diskret matematika
  • Haqiqiy va kompleks o’zgaruvchili funksiyalar nazariyasi
  • Matematika fanini kasbga yo`naltirib o`qitish

MAGISTR:

  • Analizning tanlangan boblari
  • Maxsus fanlarni o`qitish metodikasi
  • Geometriyaning tanlangan boblari
  • Oliy ta’limda matematikani o’qitishning zamonaviy texnologiyalari
  • Banax fazolarida operatorlar nazariyasi
  • O`lchovlar va integrallar nazariyasi
  • Matematik fizikaning zamonaviy usullari
  • Abstrakt algebra
  • Xalqaro baholash asoslari
  • Uzluksiz matematika ta’limining zamonaviy muammolari
  • Kompleks o’zgaruvchining funksiyalar nazariyasi
  • Pedagogik tadqiqotlarda statistik metodlar
  • Markov zanjiri va tarmoqlanuvchi jarayonlar
  • Kompleks analiz va uning tadbiqlari
  • Vektorial analiz
  • Matematik analizdan nostandart misol va masalalarni yechish metodikasi
  • Matematik-statistik usullar

1. Abjalilov Ssanoqul Xo’jamovich – f.-m.f.n., dots.
2. Hakimov Abdusalom – f.-m.f.n., dots.
3. Jalilov Anvar Abdullayevich – p.f.n. dots
4. Ashurova Dilfuza Nabiyevna – p.f.n. dots
5. Mansurov Dilshod Ravilovich – PhD., dotsent
6. Sayfulloyeva Gulnoz Sayfulloyevna –PhD., dotsent
7. Xoliqov Suyunjon Xamro o’g’li – PhD., dotsent
8. Shotemirov Yuldosh Safarovich –katta o’qituvchi
9. Fayziyev Murat Sharapovich –katta o’qituvchi
10. Muzaffarova Laylo Nuriddinovna –katta o’qituvchi
11. Jumayev Sanjar Sadullayevich – katta o’qituvchi
12. Majidov Sherzod Amriddinovich –katta o’qituvchi
13. Ibodullayeva Nafisa Muhitdinovna –katta o’qituvchi
14. Qodirova Shoyira To’rayevna – o’qituvchi
15. Jumayeva Nilufar Farmonovna – o’qituvchi
16. Shodiyev Sherzod Shomamatovich –o’qituvchi
17. Begmurodov Otabek Axmatovich. –o’qituvchi
18. Sobirov Jasur Azamatovich –o’qituvchi
19. Ahmadov Ilhom Aliyevich – o’qituvchi
20. Norchayev Rustam Tojinorovich– o’qituvchi
21. Toshtemirova Kamola Ergashevna – o’qituvchi
22. Karamatov Bolatbek Tinichbekovich. – o’qituvchi
23. Ashurova Gulsan Sh Shuhratovna – o’qituvchi
24. Sadullayeva Iroda Po’lat qizi – o’qituvchi
25. Shokirova Durdona – o’qituvchi
26. Oltiyev Azizbek Bayramovich – o’qituvchi
27. Ibragimova Dildora Azamat qizi – o’qituvchi
28. G’afforova Dilfuza Shavkatovna– o’qituvchi
29. Axmatov Azizbek Vahob o’g’li – o’qituvchi

fan doktori, professorlar15%
fan nomzodi, dotsentlar4
Katta o`qituvchilar23
O`qituvchi asistentlar27