loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi

F.I.O.Allayeva Lola Uvaytovna
LavozimiIchki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig`i
Telefon+998 79 225-08-14
E-mailmonitoring.navdpi@umail.uz

 Navoiy davlat universiteti “Ichki nazorat va monitoring” bo‘limi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi, o‘quv-ta’lim jarayonida meyoriy hujjatlar va uslubiy ko‘rsatmalarning ijro etilishini, shuningdek, universitet bo‘yicha buyruqlar va qarorlarning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan. “Ichki nazorat va monitoring” bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2001-yil  29-avgustdagi “Oliy ta’lim muassasasi ichki nazorat va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini ro‘yobga chiqarishning monitoringini amalga oshirish to‘g‘risida”gi 207-sonli buyrug‘i bilan tashkil topgan. 2017-yildan boshlab “Monitoring va ichki nazorat” bo‘limi nomi bilan yuritilgan.

Mazkur bo‘limga 2001/2005-yillarda f-m.f.n.,dots. Q.S.Xoliqov, 2006/2008-yillarda b.f.d.,dots.A.S.Ilyasov, 2008/2013-yillarda g.f.n.,dots.B.H.Kalonov, 2014/2015-yillarda E.X.Musayev, 2015/2017-yillarda I.I.Ro‘ziyev, 2017/2018-yillarda R.R.Shodiyev, 2018/2020-yillarda PhD.J.I.Samandarov, 2020/2021-yillarda G.R.Raximova, 2021-yil H.A.Jalilovlar rahbarlik qilishgan.

“Monitoring va ichki nazorat” bo‘limi nomi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 16-apreldagi 9-2021-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 12 apreldagi 20-2021-Q/Q-son hamda Moliya vazirligining 2021-yil 7-apreldagi 22-son “Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi (Adliya vazirligida 2021-yil 12-mayda 2859-3-son bilan ro‘yxatga olingan) qarori bilan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring” bo‘limi deb nomlanib, 2021-yilning 5-oktabridan boshlab bo‘limni L.U.Allayeva boshqarib kelmoqda.

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring” bo‘limi o‘z faoliyatida bevosita rektorga bo‘ysunadi.

 Bo‘lim o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari va Hay’ati qarorlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.

Bo‘lim o‘z faoliyatini universitetning tarkibiy bo‘linmalari, fakultetlar, kafedralar, universitet huzuridagi texnikumlar, litseylar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, majlis bayonlari (tashriflar davomida), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida universitetga yuklatilgan vazifalar ijrosining belgilangan muddatlarda sifatli ta’minlanishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshirish;

– O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hujjatlari (Hay’at qarorlari, buyruqlar, qo‘shma qaror, topshiriqlar, xatlar va h.k.)da yuklatilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha tizimli nazoratni yuritish;

– universitet buyruqlarining tarkibiy bo‘linmalar, fakultetlar, kafedralar, universitet huzuridagi texnikumlar, litseylari tomonidan belgilangan muddatlarda sifatli bajarilishini nazorat qilish;

– Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari, Hay’at qarorlari ijrosi bo‘yicha universitetda bajarilgan ishlarni nazorat qiladi hamda umumlashgan ma’lumotlarni har oyda, chorakda ma’lumot kiritib boradi;

– O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishni ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-5132-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi 12-son “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy Nizomni tasdiqlash haqida”gi 341-sonli qarori talablaridan kelib chiqqan holda universitetning tarkibiy bo‘linmalari, fakultetlar, kafedralar, universitet huzuridagi texnikumlar, litseylar tomonidan murojaatlar o‘z vaqtida va zarur tarzda ko‘rib chiqilishini doimiy nazorat qiladi va monitoringini olib borish.

Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

– ijroga olingan barcha turdagi, shu jumladan, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari va tartibi mas’ul ijrochilar tomonidan buzilganda yoki ijrosi to‘laqonli bajarilmaganda bu to‘g‘risida rektorni darhol xabardor qiladi;

– universitetning tarkibiy bo‘limlari, fakultetlar, kafedralar, universitet huzuridagi texnikumlar, litseylari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqilishi bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;

– universitet rektorini qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha zarur axborot hamda ma’lumotlar bilan ta’minlaydi;

– O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida va tashrifi davomida o‘tkazilgan majlis bayonlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hujjatlarida universitetga yuklatilgan vazifalar ijrosi holatini muntazam ravishda tahlil etib boradi hamda zudlik bilan hal etishni talab etadigan kamchilik va muammolarni aniqlab, rektor huzuridagi ishlab chiqarish va universitet Kengashi yig‘ilishi muhokamasiga kiritadi;

– universitet buyruqlarining universitet tarkibiy bo‘linmalari, fakultetlar, kafedralar, universitet huzuridagi texnikumlar, litseylar tomonidan bajarilishi holatini muntazam ravishda tahlil etib boradi hamda zudlik bilan hal etishni talab etadigan kamchilik va muammolarni aniqlab, universitet Kengashi muhokamasiga kiritadi;

– universitetning tarkibiy bo‘linmalari, fakultetlar, kafedralar, universitet huzuridagi texnikumlar, litseylarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida sifatli ko‘rib chiqishni ta’minlash, murojaatlar bo‘yicha ish yuritishning samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va joriy etilishini ta’minlaydi;

– universitetda O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, bo‘limga taalluqli bo‘lgan Vazirlik buyruqlari, Hay’ati qarorlari, universitet buyruqlari, universitet Kengashi qarorlarida bo‘lim faoliyati bilan bog‘liq vazifalar bajarilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi;

– jismoniy va yuridik shaxslardan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Virtual qabulxonalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlar orqali kelgan murojaatlarni (ariza, shikoyat, taklif) belgilangan tartibda va muddatda ro‘yxatga olish va mazmunan o‘rgangan holda ijrochiga yetkazishni ta’minlaydi;

– nazoratga olingan murojaatlarga mas’ul xodimlar tomonidan belgilangan muddatlarda javob xati (murojaat muallifiga, tegishli tashkilot va idoralarga) yuborilishini nazorat qiladi;

– universitet rahbariyati va mas’ul xodimlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvalini ishlab chiqadi hamda ushbu jadval (rektor tomonidan tasdiqlangan) asosida universitetda og‘zaki va sayyor qabullarni tashkillashtiradi;

– universitetga kelib tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish holati bo‘yicha oylik, choraklik, yillik tahlillarni yuritadi hamda universitet Kengashi yig‘ilishlarida axborot berib boradi;

– universitet tarkibiy bo‘linmalari, fakultetlar, kafedralar, universitet huzuridagi texnikumlar, litseylar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi yuzasidan tahliliy axborot tayyorlaydi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga har chorak yakunlari bo‘yicha hisobotlar taqdim etib boradi;

– universitetda ro‘yxatga olingan xatlar hisobini yuritadi va ushbu masala yuzasidan zarur axborotni tayyorlaydi hamda universitet Kengashiga taqdim etadi;

– bo‘lim bevosita faoliyatiga oid jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha tizimli tadbirlarni amalga oshirib boradi.

Bo‘lim o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:

– universitet tarkibiy bo‘linmalari, fakultetlar, kafedralar, universitet huzuridagi texnikumlar, litseylar bilan hamkorlikda ish yuritadi;

– bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan materiallar hamda ma’lumotlarni universitet tarkibiy bo‘linmalari, fakultetlar, kafedralar, universitet huzuridagi texnikumlar, litseylardan belgilangan tartibda nazoratga oladi;

– joylarda ijro intizomini maqsadli o‘rganish uchun belgilangan tartibda Ishchi guruhlarni shakllantirishda universitet tarkibiy bo‘linmalari, fakultetlar, kafedralar, universitet huzuridagi texnikumlar, litseylar xodimlarini jalb etadi;

– universitetning tarkibiy bo‘linmalari, fakultetlar, kafedralar, universitet huzuridagi texnikumlar, litseylarda ijro intizomini buzgan mas’ul xodimlarga nisbatan tegishli intizomiy choralar ko‘rish yuzasidan universitet rahbariyatiga takliflar kiritadi;

– universitetning tarkibiy bo‘linmalari, fakultetlar, kafedralar, universitet huzuridagi texnikumlar, litseylarda ijro intizomini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-uslubiy va amaliy seminarlar tashkil etadi;

– vakolati doirasida tegishli masalalarni puxta ishlab chiqish uchun universitetning tarkibiy bo‘linmalari, fakultetlar, kafedralar, universitet huzuridagi texnikumlar, litseylarning vakillarini belgilangan tartibda jalb qiladi, ushbu maqsadlar uchun Ishchi guruhlar tashkil etadi;

– o‘z vakolati doirasida ijro etilishi shart bo‘lgan meyoriy hujjatlarni tasdiqlashga tayyorlaydi va belgilangan tartibda kiritadi;

– boshqa masalalar bo‘yicha universitetning tarkibiy bo‘linmalari, fakultetlar, kafedralar, universitet huzuridagi texnikumlar, litseylar bilan birgalikda harakat qiladi;

– bo‘lim amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga zid bo‘lmagan boshqa huquqlarga ega.

Bo‘limning o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishdagi majburiyatlari:

– universitet buyrug‘i bilan bo‘limga yuklatilgan topshiriq va vazifalar ijrosini ta’minlaydi;

– ijro intizomi va jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan muntazam ravishda rektorga tahliliy ma’lumot kiritadi;

– ijro intizomi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati bo‘yicha belgilangan muddatlarda o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga hisobot berib boradi;

– universitetning tarkibiy bo‘linmalari, fakultetlar, kafedralar, universitet huzuridagi texnikumlar, litseylardan o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur materiallar va ma’lumotlarni oladi;

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida”gi PQ-2881-son, 2018-yil 5-oktabrdagi “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3962-son, 2021 yil 31 maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishni ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5132-sonli qarorlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son, 1999-yil                      29-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarorlariga muvofiq ijro intizomini ta’minlash talablarining bajarilishini nazorat qiladi;

– bo‘lim funksional vazifalariga tegishli jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi hamda qonun hujjatlari asosida hal etilishi mas’ul bo‘ladi;

– dasturlar, harakat rejalari, yo‘l xaritalari va boshqa dasturiy hujjatlarini samarali amalga oshirishda ishtirok etadi;

– fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etish va himoya qilishni ta’minlaydi.

Bo‘lim tuzilmasi: Bo‘lim boshlig‘i, bosh mutaxassis, inspektorni o‘z ichiga oladi.

Bo‘lim universitetning Ish reglamenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi to‘g‘risida Nizom, universitet Nizomi, Bo‘lim Nizomi, shuningdek, universitet va bo‘limning ish rejalari asosida tashkil etiladi.

Bo‘limning ish rejasi universitetning ish rejasi asosida shakllantiriladi hamda universitet rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi.

Bo‘lim faoliyatini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Navoiy davlat pedagogika institutida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari 2020 - yil monitoring natijalari

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’RQ-445 son Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 21 sentyabrdagi 684 sonli buyrug’ida belgilangan vazifalar ijosini ta’minlash yuzasidan institutning 2017 yil 04 oktyabrdagi 637 AFO – sonli buyrug’i qabul qilinib, institutda jismoniy va yuridik shaxslarning og’zaki, yozma va elektron shakldagi murojaatlarini o’rganish, ko’rib chiqish hamda ularda ko’tarilgan masalalarni hal qilish tartibi belgilangan. Uning ilovasi bilan Navoiy davlat pedagogika institutida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ishlash tartibi to’g’risida”gi Nizomi tasdiqlangan va amaliyotga joriy qilingan.

Oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligiga Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati to’g’risidagi ma’lumotlar Oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligidan kelgan xati va ilovasida keltirilgan jadval bo’yicha vazirlikning elektron contact@edu.uz manziliga tasdiqlangan shaklda har chorak oxirgi oyining 25-sanasida vazirlikka taqdim qilinib borilmoqda. Tahliliy ma’lumotlarga nazar tashlasak 2019 yilning 12 oyi davomida jami 250 ta murojaat bo’lgan, shundan 74 tasi virtual qabulxona, 43 tasi elektron pochta orqali, 26 tasi yozma murojaat, 109 tasi og’zaki murojaatlar bo’lgan.

2020 yilning 12 oyi davomi bilan solishtirsak 41 taga kamayganini ko’rishimiz mumkin yani raqamlarga e’tibor bersak jami 291 ta murojaat bo’lgan, shundan 65 tasi virtual qabulxona, 27 tasi elektron pochta orqali, 29 tasi yozma murojaat hamda 170 tasi og’zaki murojaatlar bo’lgan.

Murojaatlarda ko’tarilgan masalalar

 

2019 2020 tahlil
1.       Turli masalalarda og’zaki qilingan murojaatlar 109 170 + 61
2.       O’quv masalalari to’g’risida 73 45 – 28
3.       Ijodiy imtixondan noroziligi to’g’oisida 9 15      +6
4.       O’qishni ko’chirish va tiklash to’g’risida 10 12 + 2
5.       Dars soati berish to’g’risida 1 + 1
6.       Ish bilan ta’minlanish to’g’risida 8 9 +1
7.       To’lov-shartnomaga oid 8 8 0
8.       O’qituvchilar ish faoliyatiga oid 6 5 – 1
9.       Oilaviy munosabatlarga oid 1 2 + 1
10.             Stipendiya to’g’risida 1 5 +4
11.             Diplom va diplom ilova to’g’risida 3 4 +1
12.             Oylik, ustama to’g’risida 2 – 2
13.             Akademik ma’lumotnoma olish to’g’risida 5 – 5
14.             Turli masalalar 15 15 -0
  Jami 250 291  41

Jismoniy va yuridik shaxslarning yozma murojaatlarining ijrosi to’g’risidagi ma’lumotlar murojaatchilarga amaldagi qonunda belgilangan muddatlarda yuborilmoqda. Og’zaki murojaatlar jadval asosida qabul qilinib tushuntirish ishlari olib borilgan. Xozirgacha Jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan arizalarni ko’rib chiqishda qonunbuzilish holati sodir etilmadi. Ular amaldagi qonun va me’yoriy hujjatlarga asoslanib hal etilib borilmoqda.

Navoiy davlat pedagogika institutida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari 2021- yil monitoring natijalari

Navoiy davlat pedagogika institutida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari 2022- yil monitoring natijalari

2022 yilning II-choragida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini umumlashtirish va tahlil qilish yuzasidan ma'lumot

2022 yilning II-choragida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini umumlashtirish va tahlil qilish yuzasidan

MA’LUMOT

2022 yilning II-choragi davomida 66 ta murojaat qabul qilingan bo’lib, shundan 17 tasi vertual qabulxona, 6 tasi elektron pochta, 4 tasi yozma, 39 tasi og’zasi  murojaatlar o’lgan.

Ularga to’xtalib o’tsak:

Murojaatlarda ko’tarilgan masalalar 2022 yilning               I –choragi 2022 yilning               2 –choragi taxlil
1 Og’zaki murojaatlar 12 19 +7
2 Sayyor qabul jarayonida qabul qilingan murojaatlarmurojaatlar 13 20 +7
3 O’quv masalalari 4 3 -1
4 Institut rahbariyatiga tashakkurnoma bildirilgan 1 0 -1
5 Talabalarning o’qishi ko’chirish va tiklash masalasida 10 5 -5
6 Ishga kirish masalasida 1 2 +1
7 Kontrakt to’lovi masalasida 1 2 +1
8 Rektor qabuliga kirish maslasida 1 0 -1
9 To’lov-sharnomasidan nusxa olish to’g’risida 1 1 1
10 Diplom  ilovasi hamda dublikat diplom olish to’g’risida 1 2 +1
11 O’qituvchi faoliyatiga e’tiroz 0 5 +5
12 Oylik maosh masalasida 0 1 +1
13 Moddiy yordam va nafaka to’lovi masalasida 0 3 +3
14 Bakalavr va magistraturaga o’qishga qabul masalasida 0 1 +1
15 TTJ masalasida 0 1 +1
16 Stependiya to’lovi masalasida   1 +1
Jami 20 66 +46

 

2022 yilning II choragida institutga jami 66 ta Jismoniy va yuridik shaxslardan murojaatlar kelib tushgan:

  1. Qanoatlantirilganlari 45 ta
  2. Tushuntirish berilganlari 14 ta
  3. Tegishliligi bo’yicha boshqa tashkilotga yuborilganlari 3 ta
  4. Ko’rmasdan qoldirish 1 ta
  5. O’rganish jarayonida 3 ta

Sayyor qabul jadvali

Navoiy davlat pedagogika institutida 2022 yil davomida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini umumlashtirish va tahlil qilish yuzasidan ma'lumot

Navoiy davlat pedagogika institutida 2022 yil davomida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini umumlashtirish va tahlil qilish yuzasidan

MA’LUMOT

2022 yil davomida davomida 261 ta murojaat qabul qilingan bo‘lib, shundan                77 tasi vertual qabulxona, 27 tasi elektron pochta, 23 tasi yozma, 134 tasi og‘zaki  murojaatlar bo‘lgan.

Ularga to‘xtalib o‘tsak:

Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar I-chorak II-chorak  

III-chorak

 

IV-chorak

taxlil
1 Og‘zaki murojaatlar 12 19 20 10
2 Sayyor qabul jarayonida qabul qilingan murojaatlar 13 20 15 25 +
3 O‘quv masalalarida 4 3 5 11 +
4 Institut rahbariyatiga tashakkurnoma bildirilgan 1 0 0 0
5 Talabalarning o‘qishi ko‘chirish va tiklash masalasida 9 5 14 2
6 Ishga kirish masalasida 1 2 2 4 +
7 Kontrakt to‘lovi masalasida 1 2 0 5 +
8 Rektor qabuliga kirish maslasida 1 0 0 0
9 To‘lov-sharnomasidan nusxa olish to‘g‘risida 1 1 0 0
10 Diplom  ilovasi hamda dublikat diplom olish to‘g‘risida 0 2 2 0
11 Faoliyatiga e’tiroz 0 2 2 0
12 Oylik maosh masalasida 0 1 0 0
13 Moddiy yordam va nafaka to‘lovi masalasida 0 3 0 2
14 Bakalavr va magistraturaga o‘qishga qabul masalasida 0 1 8 7
15 TTJ masalasida 0 1 4 0
16 Stependiya to‘lovi masalasida 0 1 1 1
17 Tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotga yuborilgan 2 3 4 2
18 Ijara to‘loviga oid 0 0 0 5
19 Markaz tashkil etish to‘g‘risida 0 0 0 1
Jami 45 66 75 75 261

Institutga jami  261 ta  Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlardan:

  1. Qanoatlantirilganlar        144 ta
  2. Tushuntirish berilganlari       103  ta
  3. Tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotga yuborilgan       11 ta
  4. Ko‘rmasdan qoldirish 2 ta
  5. Jarayonda    1 ta

 

 

2023 yil I-choragida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini umumlashtirish va tahlil qilish yuzasidan ma'lumot

2023-yilning I-choragida 75 ta murojaat qabul qilingan bo‘lib, shundan 11 tasi vertual qabulxona, 5 tasi elektron pochta, 4 tasi yozma, 13 tasi og‘zaki, 42 sayyor qabul murojaatlar bo‘lgan.

 

Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar I-chorak
1 Og‘zaki murojaatlar 13
2 Sayyor qabul jarayonida qabul qilingan murojaatlarmurojaatlar 42
3 Talabalarning o‘qishi ko‘chirish va tiklash masalasida 8
 4 Ishga kirish masalasida 2
5 Kontrakt to‘lovi va shartnomaga  oid 2
6 Amaliyot o‘tash uchun shartnoma olish  maslasida 1
7 Faoliyatiga e’tiroz 2
8 Oylik maosh masalasida 1
9 Bakalavr va magistraturaga o‘qishga qabul masalasida 3
10 Doktorant ustidan shikoyat 1
Jami 75

 

  1. Institutga jami 75  ta  Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlardan:

Qanoatlantirilganlar                                                        46 ta

Tushuntirish berilganlari                                                  20 ta

Tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotga yuborilgan        1 ta

Ko‘rmasdan qoldirish                                                       1 ta

Nazoratga olingan                                                           6 ta

Jarayonda                                                                    1 ta

2023 yil II -choragida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini umumlashtirish va tahlil qilish yuzasidan MA’LUMOT

2023 yil III-choragida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini umumlashtirish va tahlil qilish yuzasidan MA’LUMOT

2023 yilning III -choragida 69 ta murojaat qabul qilingan bo‘lib, shundan 27 tasi vertual qabulxona, 5 tasi yozma, 18 tasi og‘zaki, 19 sayyor qabul murojaatlar bo‘lgan.

Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar III-chorak
1 Ish masalasida 11
2  Moliyaviy masalalar (ish haqi, moddiy yordam,rag‘batlantirish, stipendiya, bitiruv nafaqasi, talabalar ehtiyoji uchun zarur buyumlar) 3
3 Rektor qabuliga kirish masalasida 1
4 Talabalarning o‘qishi ko‘chirish va tiklash masalasida 11
5 Bakalavr va magistraturaga o‘qishga qabul masalasida 14
6 TTJ masalasida 19
7 Institut binosida ijara asosida faoliyat yuritish to‘g‘risida 1
8 Kontrakt to‘lovi va shartnomaga  oid 3
9 Diplom olish masalasida 1
10 Turli masalalarda 5
Jami 69

Institutga jami  69  ta  Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlardan:

Qanoatlantirilganlar                                                          40 ta

Tushuntirish berilganlari                                                  28 ta

Jarayonda                                                                          1 ta

2023 yil IV - choragida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini umumlashtirish va tahlil qilish yuzasidan MA’LUMOT

2023 yilning IV -choragida 64 ta murojaat qabul qilingan bo‘lib, shundan 22 tasi vertual qabulxona, 4 tasi yozma, 19 tasi og‘zaki, 19 sayyor qabul murojaatlar bo‘lgan.

 

Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar

2023-yil                          oktabr-dekabr                    

1 Og‘zaki 19
2 Cayyor qabul 19
3 Talabalarning o‘qishi ko‘chirish va tiklash masalasida 3
4 Talabalar turar joyida issiq suv tizimlarini sozlab berish masalasi  1
3 Ijara to‘lovi masalasida 3
4 Dekret pulini to‘lab berishda amaliy yordam so‘ragan  1
5 Shartnoma asosida belgilangan to‘lovni to‘lash masalasida 3
6 O‘quv masalalariga oid 4
7 Faoliyatga e’tiroz 2
8 Rektor qabuliga kirish 1
9 Bakalavr va magistraturaga o‘qishga qabul masalasida 2
10 Kontrakt to‘lovi masalasida 1
11 Ish masalasida 3
12 Oliy ta’lim diplomi masalasida 1
13 Turli masalalar 1
Jami 64

 

 

Institutga jami  64  ta  Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlardan:

Qanoatlantirilganlar                                                        38 ta

Tushuntirish berilganlari                                                  20 ta

Ko’rmasdan qoldirish                                                       1 ta

Jarayonda                                                                    5 ta

 

 

 

 

2024- yil I -choragida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini umumlashtirish va tahlil qilish yuzasidan MA’LUMOT

2024 yilning I -choragida 82 ta murojaat qabul qilingan bo‘lib, shundan  16 tasi vertual qabulxona, 8 tasi yozma, 22 tasi og‘zaki, 36 sayyor qabul

 

Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar

2024-yil yanvar-mart

1 Og‘zaki murojaatlar 22
2 Cayyor qabul jarayonida kelib tushgan murojaatlar 36
3 Talabalarning o‘qishi ko‘chirish va tiklash masalasida 4
4 Moddiy yordam va rag‘batlantirish masalasi 2
5 Ustama xaqi belgilash 1
6 Shartnoma to‘loviga oid 4
7 Ishga kirish masalasida 4
8 O‘quv masalalariga oid 5
9 Ijara to‘lovi masalasida 1
10 Ustama xaqi belgilash 1
11 Ijodiy ta’til berish to‘g‘risida 1
12 Bakalavr va magistraturaga o‘qishga qabul masalasida 1
Jami 82

 

Institutga jami  82 ta  Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan   murojaatlardan:

Qanoatlantirilganlar                                                           44 ta

Tushuntirish berilganlari                                                   38 ta

2024-yil II -choragida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini umumlashtirish va tahlil qilish yuzasidan MA’LUMOT