All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Home Page

Talabalar gazobeton ishlab chiqarish korxonasida

   Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakultetining 2-bosqich talabalari ishtirokida 2022-yil 25-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev raisligida 2022-yil 4-martda o‘tkazilgan videoselektorda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash va talabalarni tadbirkorlikka jalb etish maqsadida  «Yoshlar kelajagimiz» jamg’armasi viloyat filiali bilan hamkorlikda Navoiy shahrida joylashgan «Zarafshon Golden Group» kompaniyasiga tegishli gazobeton ishlab chiqarish korxonasiga sayohat tashkil etildi.

Ijarada yashayotgan  talabalarning yashash sharoitlari o‘rganildi

   Navoiy davlat pedagogika instituti profilaktika noziri, mayor N.Xaitov, Tarix fakulteti tyutorlari A.Xolova va O.Keldievalar birgalikda, ijarada yashovchi Tarix fakulteti talabalarini yashash sharoitlari, ijtimoiy-ma’naviy holatlari o‘rganildi. O‘rganish jarayonida talabalarning ijara xonadonlaridagi shart-sharoitlari, xususan, tozalikka rioya etishlari, elektroenergiya, tabiiy gazdan me’yorida foydalanishlari va darsdan bo‘sh vaqtlaridan qanday foydalanishlari batafsil nazoratdan o‘tkazildi va kerakli ko‘rsatmalar berildi.

“Zakovat”   intellektual o‘yini  boʼlib oʼtdi

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual oʼyinini aholi oʼrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʼyinlarni rivojlantirishga oid chora tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-96-son qaroriga asosan Navoiiy davlat pedagogika instituti  Tarix fakulteti talaba-yoshlari oʼrtasida 2022-yil 24-may kuni  “Zakovat”   intellektual o‘yini  boʼlib oʼtdi. Ushbu o‘yinda fakultetning 1-kurs talabalarining 7 ta “Eksperto”, “Intellegent”, “Yurist”, “Turkiston”, “Kelajak”, “Elegant”, […]

Kitob- tafakkur xazinasi

   Kitob o‘tmishni bugun va kelajakka boģlaydigan o‘ziga xos kòprikdir. Kitobni ma’naviy meros, tuganmas xazina deyishlari ham bejiz emas. Kitob-tafakkur xazinasidir. Talabalarni kitob òqishga bòlgan qiziqishlarini oshirish hamda kitobxonlik oyligi ijrosini ta’minlash maqsadida  NavDPI Matematika-informatika fakulteti yoshlar bilan ishlash bòyicha dekan òrinbosari G’.Yusupov hamda tyutorlar tomonidan «Kitob- tafakkur xazinasi» nomli davra suhbati bòlib òtdi.

“Mobil metodik guruh” Navbahor tumanidagi 13-umumta’lim maktabida

  “Mobil metodik guruh” Navbahor tumanidagi 13-umumta’lim maktabi pedagoglarini bilimini aniqlash va yangicha o‘qitish uslublarini tushuntirish bo‘yicha o‘rganish olib bordi. Ushbu metodik guruh Navoiy davlat pedagogika institutining etakchi professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan bo‘lib, guruh a’zolariga biriktirilgan umumta’lim maktablari o‘rganilmoqda. Guruh a’zolari yaqinda Navbahor tumanidagi 13-maktabda bo‘ldi. Mazkur metodik guruh tarkibi NavDPI ilmiy kengashining 2022-yil  9-son bayonnomasi […]

Navbahor ko‘p tarmoqli texnikum o‘quvchisi jahon kubogi sohibi bo‘ldi

   Navoiy davlat pedagogika instituti huzuridagi Navbahor ko‘p tarmoqli texnikum o‘quvchisi Jahon kubogi sohibi bo‘ldi. Joriy yilning 12–15 may kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida sportning kikboksing turi bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada Navbahor ko‘p tarmoqli texnikum o‘quvchisi Nazarbek Mahmudov 51 kg vazn toifasida ishtirok etdi va barcha raqiblaridan ustun kelib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.  Institut rahbariyati […]

O’zbekiston bo’ylab sayohat qil

    Mamlakatimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, yoshlar orasida keng targ’ib etish, ularda milliy g’urur va iftixor tuyg’usini mustahkamlash, ichki va ziyorat hamda ekoturizmni yanada rivojlantirish maqsadida “O‘zbekiston–jannatmakon diyor” mavzusida Tarix fakulteti professor-o‘qituvchilari, Navoiy viloyat “Yekoturizm va ekohuquq bioekologik markazi rahbari Z.Tog’aev bilan hamkorlikda fakultet tyutorlari, yoshlar ittifoqi fakultet yetakchisi I.Toshpulatov va talabalari Karmana […]

“Ilhom” mukofoti sovrindorlari taqdirlandi

   Respublikamizda faoliyat yuritayotgan OTMning 30 yoshgacha bo‘lgan ijodkor yoshlari (jami 115 nafar ishtirokchi) o‘rtasida  «Ilhom» mukofoti uchun o‘tkazilgan tanlovda Navoiy davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o‘qituvchisi  Nizomov Farhod Muso o‘g’li 3 ta eng munosib  rag’batlantirilganlarning biri sifatida hukumat darajasida e’tirof etildi. Bu institutimizda iqtidorli yoshlarga berilayotgan e’tibor va g’amxo‘rlikning yaqqol namunasidir. […]

Vazir o‘rinbosari Navoiylik talaba-yoshlarga yaratilayotgan sharoitlarni o‘rgandi

    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov 17-19 may kunlari Navoiy viloyatida xizmat safarida bo‘ldi. Ma’lumki, Navoiy davlat pedagogika institutida ham keyingi yillarda ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quv jaranyolarini zamon talablari asosida tashkil etish, bo‘lajak pedagoglarning xorijiy tillarni puxta, axborot texnologiyalarini mukammal o‘rganishlari uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Xozirgi kunda mazkur oliy […]

Korrupsiyaga qarshi kurashish – farovon hayot kafolati

   Navoiy davlat pedagogika instituti  Fizika va texnologik ta’lim fakultetida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – farovon hayot kafolati ” mavzu bo‘yicha insholar tanlovi o‘tkazilib, g’oliblar taqdirlandi. Talabalar  tomonidan yozilgan insholarda, jamiyatda korrupsiya oddiy xalq vakillarining yuqori amaldorlarga yoxud davlat amaldorlarining o‘zaro bir-birlariga bo‘lgan munosabatidan kelib chiqishi, ushbu salbiy holatning har qanday ko‘rinishi jamiyatni halokat yoqasiga olib […]