loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

O’quv-uslubiy boshqarma

F.I.O.Yodgorov G'ayrat Ruziyevich
LavozimiO'quv-uslubiy boshqarma boshlig`i
Telefon+998 79 225-19-68
E-mailnavdpi-uquv@umail.uz

O‘quv-uslubiy boshqarma – o‘quv jarayonini boshqaruvchi tuzilma bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Davlat ta’lim standarti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilib qo‘ygan va shu asosda faoliyat olib boradi.

O‘quv-uslubiy boshqarma – universitet ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash, fakultet, kafedralar o‘quv ishlarida erishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish vakolatlariga ega.

O‘quv-uslubiy boshqarma talabalarni zamon talablari darajasida yetuk, malakali mutaxasis bo‘lib yetishib chiqishlari uchun zarur barcha fanlarni o‘quv jarayoniga kiritishga katta e’tibor beradi.

  • Universitetda fakultetlar soni-11 ta
  • Kafedralar soni- 27 ta
  • Magistratura mutaxassisligi- 18 ta

Ta’lim shakllari:

– Kunduzgi 9253-nafar talaba
– Sirtqi-7823-nafar talaba
– Kechki-1534-nafar talaba
– Magistratura -237-nafar talaba

Talim yo‘nalishlari – 357 ta

Boshqarmaning vazifalari
Bakalavriatura
Magistratura

O‘quv-uslubiy boshqarmaning vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

  • Universitet ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, universitet tuzilmalarini davlat ta’lim standartlari va asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash;
  • Universitetda o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish;
  • Universitet fakultetlari va kafedralarining o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;
  • O‘quv jarayonini boshqarishdagi me’yoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish;
  • Universitet ta’limini rivojlantirish uchun istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va universitet Ilmiy kengashiga tavsiya qilish;
  • Universitet fakultetlari, kafedralari va tuzilmalarini o‘quv ishlarda erishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish va institut ta’lim jarayoniga tadbiq qilish;
  • Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida yangi NIZOMni amaliyotga tadbiq etish;
  • Professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish rejasini shakllantirish;
  • Talabalar davomatini tahlil etish;
  • Universitet professor-o‘qituvchilari va talabalarining o‘quv intizomiga rioya qilishini ta’minlash;
  • Universitetdagi barcha fakultetlar va magistraturada joriy, oraliq, yakuniy nazoratlarning tashkil etish va  tahlil qilish;
  • Kafedra va dekanatlarda asosiy ish hujjatlarini yuritilishini ta’minlash;
  • Universitet shtatlar jadvalini tuzish uchun hujjatlarni tayyorlash, o‘quv yuklamalarini bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
  • O‘rindosh va soatbay dars o‘tuvchi o‘qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
  • Universitet fakultet va kafedralarini o‘quv masalalari bo‘yicha faoliyatini o‘rganish;
  • Professor – o‘qituvchilar tanlovini tashkil etish;
  • O‘quv jarayoniga rivojlangan chet el tajribalarini joriy etish;
  • Amaliyotlarni tashkil etish va uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanlash;
  • Akademik litsey faoliyatini o‘quv-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish;
  • O‘quv-uslubiy boshqarma boshliq, nazoratchi, statist, metodist, dispetcherlar faoliyat olib boradi.

Bakalavriatura

Bakalavriat mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim muddati kamidato‘rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’limdir.

Bakalavrlik dasturi tugallanganidan so‘ng bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlariga binoan kasb bo‘yicha “bakalavr” darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi.

Bakalavrning tayyorgarligiga nisbatan qo‘yiladigan umumiy malaka talablari

Bakalavr:

  • dunyoqarash bilan bog‘liq tizimli bilimlarga ega bo‘lishi, gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar asoslarini, joriy davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishi;
  • Vatan tarixini bilishi, ma’naviy milliy va umuminsoniy qadriyatlar masalalari yuzasidan o‘z fikrini bayon qila olishi va ilmiy asoslay bilishi, milliy istiqlol g‘oyasiga asoslangan faol hayotiy nuqtai nazarga ega bo‘lishi;
  • tabiat va jamiyatda kechayotgan jarayon va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga ega bo‘lishi, tabiat va jamiyat rivojlanishi haqidagi bilimlarni egallashi hamda ulardan zamonaviy ilmiy asoslarda hayotda va o‘z kasb faoliyatida foydalana bilishi;
  • insonning boshqa insonga, jamiyatga, atrof muhitga munosabatini belgilovchi huquqiy va ma’naviy mezonlarni bilishi, kasb faoliyatida ularni hisobga ola bilishi;
  • axborot yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullarini egallagan bo‘lishi, o‘z kasb faoliyatida mustaqil asoslangan qarorlarni qabul qila olishi;
  • tegishli bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishi;
  • yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi, o‘z ustida ishlashi va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olishi;
  • sog‘lom turmush tarzi va unga amal qilish zaruriyati to‘g‘risida ilmiy tassavvur hamda e’tiqodga, o‘zini jismoniy chiniqtirish uquv va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim.

Bakalavr:

  • ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli shaxslar egallashi lozim bo‘lgan lavozimlarda mustaqil ishlashga;
  • tegishli bakalavriat yo‘nalishi doirasida tanlangan mutaxassislik bo‘yicha magistraturada oliy ta’limni davom ettirishga;
  • kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida qo‘shimcha kasb ta’limi olish uchun tayyorlanadi.

Magistratura

Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.

«Magistr» darajasini beradigan davlat malaka attestatsiyasi magistrlik dasturining intihosidir. Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi.

Magistrning tayyorgarligiga nisbatan qo‘yiladigan umumiy malaka talablari

Magistr:

  • tanlangan mutaxassislik bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlarni bajarishga, shuningdek fan, texnika va texnologiya, pedagogika, iqtisodiyot, madaniyat va san’atning zamonaviy yutuqlarini amaliyotga joriy etishga yo‘naltirilgan kasb tayyorgarligiga ega bo‘lishi;
  • mutaxassislikka oid ilmiy muammolar bilan bog‘liq vazifalarni ifodalash va hal etishi, qarorlar qabul qilishi, zarur bilimlar bazasini yaratish va undan o‘z kasb faoliyatida foydalana bilishi;
  • ilmiy tadqiqotlar va mehnatni tashkil qilish metodologiyasini bilishi, tadqiqot natijalarini tahlil qilish va qayta ishlash metodikasini ishlab chiqishi va amalga oshirishi, ilmiy tadqiqot natijalaridan faoliyatning tegishli sohalarida foydalanishga doir amaliy tavsiyalarni ifodalay olishi va taqdim qilishi;
  • kasb vazifalarini avtomatlashtirish va kompyuterda modellashtirish metodlarini, eng maqbul yechimlar topishning oqilona usullarini egallagan bo‘lishi;
  • bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va ilmiy jamoalarni boshqarishni ilmiy asosda tashkil qila olishi;
  • zamonaviy axborot tizimlaridan foydalaniladigan pedagogik texnologiyalar va interaktiv ta’lim usullarini egallagan bo‘lishi lozim.

Magistr:

  • tanlangan mutaxassislik bo‘yicha mustaqil ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va kasbga doir boshqaruv faoliyati;
  • magistr tayyorgarligiga muvofiq mutaxassislik bo‘yicha oliy ta’limdan keyin tahsil olish;
  • kadrlarni qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish tizimida qo‘shimcha kasb ta’limi olish uchun tayyorlanadi.