loader image
All for Joomla All for Webmasters
uzenMasofaviy ta'lim Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
uzenMasofaviy ta'lim Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

Savol-Javob

O`quv ishlari yuzasidan savol - javoblar

Talabalar ushbu o‘quv yilida Oraliq va Yakuniy nazorat ishlarini qanday tartibda amalga oshiradi?

Hozirgi kunda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan yaratilgan dits.uz platformasi asosida tashkil qilingan masofaviy ta’lim kurslarida mavzular asosida berilgan test sinovlarini toshpirish orqali amalga oshiriladi. Bunda talabalar uchun test savollari keltirilgan va olgan ballari elektron baholanadi va qayd etiladi.

Oraliq nazorat ishlaridan olgan ballaridan norozi bo‘lgan talabalar, takroriy baholanishi tartibi yaratilganmi?

Masofaviy ta’lim platformasida oraliq nazorat testlarini topshirish uchun talabalar ma’ruzalarni va berilgan topshiriqlarni to‘laqonli o‘zlashtirishlari lozim bo‘ladi. O‘zlashtirgan talaba uchun oraliq nazorat savollarini ishlash qiyinchilik tug‘dirmaydi. Testlarni takror ishlash uchun bir necha bor imkoniyat yaratilgan.

Men Uchquduq tumanining olis hududda yashayman. Darslarni bir amallab o‘zlashtirishga harakat qilyapman. Ammo, internet tarmog‘ining yo‘qligi sababli muntazam (kunlik) dars mashg‘ulotlarini yaratilgan platforma orqali bajarish imkoniyati cheklangan. SHu sababli meni darslarga qatnashish davomatim qanchalik hisobga olinadi?

Haqiqatdan ham bugungi kunda olis cho‘l hududlarida internet tarmog‘idan foydalanishda uzilishlar mavjud. Ta’lim platformasda talabalarning darslarga qatnashish kunlik davomadi qayd etib borilmoqda. Ammo, talabalarga qulaylik yaratish maqsadida ta’lim dasturlaridan foydalanishga o‘zlashtirish uchun aniq muddatlar belgilanmagan. SHu sababli uquv jarayoni grafigi muddatda fanlarni o‘zlashtirishga harakat qilish talab etiladi.

Yakuniy nazorat ishlarining masofadan topshirish haqida eshityapmiz. Bu borada qanday tartib amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

Yakuniy nazorat uchun test sinovlari ham xuddi Oraliq nazorat kabi masofaviy ta’lim platformasida orqali topshiriladi.

Yakuniy nazorat ishlarini elektron shaklda topshirib, olgan baholari keyingi stipendiyaga ta’siri bormi?

Albatta, ta’til davrida talabalar barcha turdagi nazoratlarni masofaviy ta’lim shaklida topshirishlari va baholanishlari belgilangan. SHuningdek talabalarga qulaylik yaratish maqsadida talabalar uchun yakuniy nazoratlarni mutaxassislik fanlaridan olish ko‘zda tutilmoqda. Bu holatda ayrim fanlar mutaxassislik fanlarni o‘zlashtirib, olgan baholari natijasiga qarab rasmiylashtirilishi mumkin. Bu holatda stipendiya taqsimoti ham o‘zlashtirilgan baho orqali belgilanishi tabiiy albatta.

Masofaviy ta’limdan foydalanib, kunlik platformaga kira olmasligim natijasida darslarga qatnashishim tufayli 74 soat dars qoldirsam, talabalar safidan chiqarilishim mumkinmi?

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, masofaviy ta’lim platformasi orqali fanlarni o‘zlashtirish talab etiladi. Fanlarni o‘z muddatida o‘zlashtira olmagan talabalar uchun yoz oylarida yashab turgan hududlaridan uzoq bo‘lmagan joylarda, masalan kasb-hunar ta’lim maktablarida yoki imkoniyat yaratilgan muassasalarda mavjud internet tarmoqlaridan foylalangan holda masofaviy ta’limni o‘qib, o‘qishni davom ettirish va yakunlash imkoniyatlari ham yaratib beriladi.

Men bitiruvchi kurs talabasiman. Bitiruv malakaviy ishimni qanday rasmiylashtiraman va uning himoyasi qanday tartibda bo‘lishi mumkin?

Hozirda ushbu masalaga oydinlik kiritilgan. Talaba bitiruv malakaviy ishini onlayn (masofadan) taqdimot shaklida himoya qilishi rejalashtirilmoqda. Talaba bitiruv malakaviy ishini biriktirilgan ilmiy rahbari bilan hamkorlikda tayyorlaydi, elektron variantini ilmiy rahbarga jo‘natadi, ilmiy rahbar xulosasi olinadi va tayyorlangan ishini onlayn taqdimot qilib beradi. Uni rasmiylashtirish ilmiy rahbar va kafedra tomonidan amalga oshiriladi.

Karnatin tufayli to‘xtab qolgan o‘quv amaliyotimiz karantindan so‘ng davom ettiriladimi?

Bu o‘quv yilgi barcha turdagi o‘quv jarayoni masofaviy shaklda amalga oshiriladi. Biror bir talaba oliy ta’lim muassasalariga chaqirtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. To‘xtab qolgan o‘quv amaliyoti keyingi o‘quv yiliga ko‘chiriladi.

Men kutubxonadan kitob olganman. O‘zim bitiruvchi kursman. Kitoblarimni qaytarmasam ham institutni yakunlay olamanmi?

Agar siz kutubxonadan kitob olgan bo‘lsangiz, siz o‘quv yilini yakunlay olasiz. Ammo, bitirganlik haqidagi diplom yoki tugatganlik haqidagi hujjat berilmaydi. Karantindan so‘ng Siz olgan kitoblaringizni kutubxonaga topshirganingizdan so‘ng Sizga bitiruganlik haqidagi hujjatlar taqdim etilishini aytib o‘tishimiz lozim.

Men magistraturada tahsil olaman. Bitiruvchi kusdaman? Diplom himoyasi qanday tashkil qilinadi.

Magistratura mutaxassisliklari uchun ham Davlat attestatsiyalari onlayn masofaviy tartibda bo‘ladi. Magistrlik dissertatsiyalarini elektron tarmoqlar orqali, ya’ni ZOOM dasturi orqali taqdimot asosida himoya qilish uchun imkoniyatlar yaratiladi.

Men hozirda kunlik darslarga kiryapman. Ammo ayrim hollarda dars jadvaliga rioya qilmayapman. Masalan kecha bo‘lgan dars mashg‘ulotni keyingi kunlarda o‘zlashtiryapman. Shu holda o‘qituvchi menga o‘z faniga “NB” qo‘yishga haqlimi?

Haiqatdan ham masofaviy ta’lim platformasida kunlik davomat olinadi. Agar sizda ta’lim platformasiga kirish imkoniyatlari yaxshi bo‘lsa dars jadvali asosida fanlarni o‘zlashtirish taklif etiladi. YOki, platformada darslarni aynan shu muddatlarda o‘zlashtirish shart degan topshiriqdan yiroqmiz. CHunki bu kabi o‘quv shakli mamlakatimizda ilk bor tashkil qilinyapti va hali ayrim echimini kutayatgan muammolar ham yo‘q emas. SHu sababli imkon topildi deguncha talabalarimizdan fanlarni yakuniy nazoratga qadar o‘zlashtirishlari talab etiladi.

Men Qozog‘iston Respublikasidan o‘qishimni ko‘chirib kelgan edim. O‘qish davri boshlangan ekan, darslarni o‘zlashtirish uchun nima qilishim kerak?

Haqiqatdan ham hozirda ko‘plab oliy o‘quv yurtlariga qo‘shni respublikalardan talabalar o‘qishlari ko‘chirilgan, jumladan Navoiy davlat pedagogika institutida ham. Ular uchun ham masofaviy ta’lim platformasi orqali o‘qishni davom ettirish imkoni mavjud. Hozirda ushbu talabalarning ismi, sharifi, kursi va ma’lumotlari kiritilgan. Ular fakulьtetlardagi dekan o‘rinbosarlari yoki guruh murabbiylari bilan bog‘lanib, login – parollarini so‘rab olib. O‘qishni davom ettirishlari lozim bo‘ladi.

Men ham Qozog‘istondagi oliy ta’lim muassasasidan o‘qishimni ko‘chirtirdim. Ammo xujjatlarimni olib kelish imkoni bo‘lmadi. Talabalikka qabul qilindimmi?

Hozirda barcha oliy ta’lim muassalari kabi institutimizga ham vazirlikning farmoyishi bilan 400 dan ortiq talabalar o‘qishi ko‘chirilgan. Ular uchun o‘qishga tavsiya beradigan buyruq rasmiylashtirilgan. Ammo, bu talabalikka qabul qilindi degani emas. Biz hozirda qo‘shni davlatlardagi oliy ta’lim muassasalariga har bir ko‘chirilgan talabaning haqiqatda o‘sha o‘quv yurtida o‘qiganligi, o‘qigan bo‘lsa ta’lim yo‘nalishi va kursi haqida rasmiy xatlar bilan murojaatlar yuborganmiz. Hozirda javob xatlari qabul qilinmoqda. Kelgan javob xatlari asosli deb topilgan talabalargina talabalikka qabul qilinishi belgilangan. CHunki, qo‘shni davlatlarda hozirda biz bilgan va bizga noma’lum oliy o‘quv yurtlari mavjud. SHu sababli talabalarni haqiqatda o‘qiganliklari isbotini topgan hujjatlar asosida talabalikka qabul qilinishini ta’kidlashimiz lozim.

2020/2021 o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish jarayoni qanday tartibda o‘tkaziladi?

2020 yilning 15 iyulidan 5 avgustiga qadar hujjatlar qabul qilinadi (hujjatlarni onlayn tarzda topshirish imkoniyati yaratiladi); 6 avgustdan 30 avgustga qadar arizalar ko‘rib chiqilib qaror qabul qilinadi. Hozirgi kundagi karantin tadbirlari sababli o‘qishni ko‘chirish jarayonlari muddatlarida o‘zgarishlar bo‘lgan taqdirda vazirlikning rasmiy sayti (www.edu.uz) va telegramm kanali (@edu.uz) orqali e’lon beriladi.

Qo‘shni davlatlardan o‘qishi ko‘chirilgan fuqarolar o‘qigan kurslaridan quyi kurslarga tavsiya etilmoqda. Mazkur holat to‘g‘rimi?

Respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirishda namunaviy o‘quv rejalaridagi umumkasbiy va ixtisoslik (mutaxassislik) fanlari bo‘yicha farqlar 4 tadan oshganda muayyan kursga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi va shunga ko‘ra talabaga o‘qishini quyi kursda davom ettirish tavsiya etilishi mumkin.

Magistraturaga kirish imtihonlari qanday shaklda o‘tkaziladi va natijalar qanday e’lon qilinadi?

Magistraturaga kirish imtihonlari karantin tadbirlaridan kelib chiqqan holda Nizomda belgilangan shakllarda yoki test shaklida o‘tkazilishi mumkin. Kirish imtihonlari natijalari muayyan oliy ta’lim muassasalarining rasmiy veb saytlarida e’lon qilinadi..

Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga talabalikka qabul qilish jarayonlarida o‘zgarishlar bormi?

Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga, ya’ni bu holatda kasbiy (ijodiy) imtihonlar nazarda tutilmoqda, hujjatlar topshirish muddatlariga hozircha o‘zgartirishlar kiritilmagan. O‘tkaziladigan imtihonlarni soddalashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda. Abiturientlar ijodiy imtihonga faqat bir marta kelib ketishi rejalashtirilmoqda.





Iqtisodiy ishlar yuzasidan savol - javoblar

Men talabalar turar joyida yashayman va bir yillik to‘lovni amalga oshirib qo‘yganman. Karantin tufayli yashamagan kunlarim uchun to‘lov qaytariladimi?

Qaytariladi. Institutimizda mavjud 1- va 2- son talabalar turar joyida istiqomat qilgan va yillik to‘lovlarini to‘lgan talabalar uchun 16 martdan keyingi to‘lovlari qaytariladi.

Hozirgi paytda kontrakt to‘lovini amalga oshirishga imkoniyatim bor, ammo bank muassasasi uzoqligi va joriy etilgan karantin tufayli u erga borishga ruxsat yo‘q. Kontrakt to‘lovini korantin davridan so‘ng to‘lashga raxsat beriladimi?

Albatta. Raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot davrida shartnomalarni telefonlarga yuklangan pragrammalar orqali elektron shaklda to‘lash imkoniyati yaratilgan. Institutning hisob raqami va to‘lov imkoniyatlari haqida nspi.uz saytimizda batafsil tanishishingiz mumkin.

O‘quv yili uchun shartnoma pullarini to‘lashning muddatlari belgilanganmi?

Albatta. Ushbu muddat institut rektorining vakolatiga berilgan bo‘lib to‘lash muddatlari o‘quv yili yakuniga qadar to‘lash talab etiladi. Bu yilgi o‘quv yili grafik qisqartirilgan holatda bo‘lib, iyun oyiga qadar yakunilash ko‘zda tutilgan. SHuningdek, talabalarga alohida ta’kidlashi lozimki, ushbu o‘quv yilini tamomlash shartnoma mablag‘larini o‘quv yili uchun to‘la talanganligi bilan ham belgilanadi. Agarda o‘quv yili yakuniga qadar shartnoma mablag‘lari to‘liq to‘lanmasa, talaba keyingi kursga ko‘chirilmasligini yodda saqlash lozim.

Oliy ta’lim muassasasi bitiruvchi kurs talabalariga kontrakt pullarini to‘lash kerak demoqda. Agar to‘lanmasa, talaba yakuniy nazoratlarga kiritilmaydi va unga bitirganlik to‘g‘risidagi diplom berilmaydi deb eshitdim. SHu to‘g‘rimi?

Yuqorida aytganimizdek, karantin davrida o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt pullarini to‘liq to‘lashga ulgurmagan talabalar o‘qishdan chetlatilmaydi. Bu bitiruvchi kurs talabalariga ham taalluqli. Har bir oliy ta’lim muassasasi o‘zining moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqib, kontrakt to‘lovi muddatini mustaqil uzaytirish vakolatiga ega. Yuqoridagilardan kelib chiqib to‘lovlarni to‘liq amalga oshirmagan bitiruvchi kurs talabalari shartli ravishda istisno tariqasida yakuniy nazoratlarga kiritilishi mumkin, lekin ularga o‘quv yili uchun belgilangan to‘lovni to‘liq amalga oshirganlaridan so‘ng oliy ta’lim muassasasini tugatganligi to‘g‘risidagi tegishli diplom beriladi.

Ilmiy ishlar yuzasidan savol - javoblar